Bahs: O‘zbekiston siyosiy bloklarga qo‘shilishi kerakmi?

"Ijtimoiy minbar" ruknimizda bahsimizga qo‘shiling.

Fikrlaringizni Facebook va Odnoklassniki dagi BBCUzbek sahifalarida qoldirishingiz yoki Whatsapp raqamimizga yuborishingiz mumkin.

Telefonimiz: +44 7858 860002

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston hech qanday siyosiy blokka a‘zo bo‘lmasligini aytgan.

Janob Karimovning bu bayonoti 12 yanvar kuni yangi saylangan O‘zbekiston parlamenti quyi palatasining ilk sessiyasida yangragan.

Siz O‘zbekiston siyosiy bloklarga qo‘shilishi kerak deb o‘ylaysizmi?

Iqtisodiy bloklarga-chi?

Bu kabi bloklarning O‘zbekiston uchun qanday afzalliklari va yomon tomoni bo‘lishi mumkin?

Sizningcha, nima uchun Islom Karimov bu kabi bloklarga shubha bilan qaraydi?

Toshkentdan mustaqil siyosatshunos Anvar Nazirovning fikrlari:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Namoz Normumin: O‘zbekiston Shanhay Hamkorlik Tashkilotining a‘zosidir. Islom Karimov hech qanday siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmaymiz deganda ShHT ni bilib turib unutmoqda yoki yolg‘on gapirmoqda. O‘zbekiston hech vaqt o‘tkazmasdan qardosh va qondosh O‘rta Osiyo davlatlari bilan Ovro‘po Ittifoqi (OI) kabi ittifoqqa (O‘OI) a‘zo bo‘lishi kerak. Boshqa davatlar bilan esa, O‘OI umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, siyosat olib borilishi kerak. OI xuddi hozir o‘tkazayotgan tashqi siyosat kabi. Faqat Islom Karimov uchun avvalo o‘zining hokimiyatda qolishi muhimdir. O‘zbek xalqining taraqqiyoti yoki O‘rta Osiyo xalqlarining hamkorligi uning shaxsiy hokimiyatini larzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun ham u aslo O‘OI masalasiga yaqinlashmaydi.

Shokir Dolimov: Sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSRI) ni misol tariqasida olaylik. Siyosiy blokdan o‘zga narsa emas. Uning Konstitutsiyasida har qanday ittifoqchi respublika o‘z taqdirini o‘zi belgilab, SSRI tarkibidan chiqib ketish huquqiga ega ekanligi belgilab o‘tilgan edi. Amalda-chi? Agar amalda bunday imkoniyat bo‘lganda edi, O‘rta Osiyo respublikalarini bilmadim-u, Boltiqbo‘yi respublikalari bir daqiqa bo‘lsin, SSRI tarkibida qolmas edi. Kim o‘sha respublikalarda qisqa muddat yashab ko‘rgan bo‘lsa, men nima demoqchi bo‘lganimni juda yaxshi anglab oladi. Yevropa Ittifoqiga nazar solaylik. Ishonchim komilki, qo‘shilishga qo‘shilib olib, endi, kechirasizlar-u, biroz qo‘pol bo‘lsa ham o‘zbekchasiga aytaman: najasiga pichoq tortib o‘tiribdi. O‘zi o‘zining milliy manfaatlari uchun mustaqil chora ko‘ra olmaydi, qudratli davlatlar boshlagan yo‘ldan boshini ham qilgancha, yurishga majbur. Buni anglab yetish uchun kishi rossiyaparast bo‘lishi shart emas, agar kimdir meni RF OAVni eshitib, manqurtga (zombiga) aylanib qolganlikda ayblamoqchi bo‘lsa. Sof iqtisodiy ittifoq bo‘lsa, qo‘shilish mumkin. "Men o‘zimda borini senga beraman, sen o‘z izofangni menga ber" tamoyiliga amal qilgan holda. Ha, kezi kelganda yana bir fikr: do‘stona davlatlar bo‘lishi mumkin, lekin do‘stona maxsus xizmatlar bo‘lmaydi. O‘sha ittifoqdagilarning hammasi bir-birining etagi ostiga qarab yurgani muqarrar...

Farkhad Tolipov: Aslida bloklar deganda faqat bir blok-ODKB nazarda tutiladi, xolos. Unga esa kirish-kirmaslik masalasi murakkabroq, chunki O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan hamohang tarzda siyosat yurgizishi kerak. Agar Markaziy Osiyo biz uchun o‘z mintaqamiz sifatida ko‘rilsa...

Jamshid Ziyaev: Qisman qo‘shilsak bo‘lardi. Chunki bizni shu narsaga majbur qilib qo‘yishligi mumkin. NATOga qo‘shilsak xato bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki qo‘shni davlatlarimiz ichida chetlashib qolamiz. Dunyo ikkiga bo‘linib ketishi aniq, biz ham qaysidir qismida bo‘lishimiz shart. Menimcha, AQSh va Yevropa davlatlari birga bo‘lishadi, Rossiya va Osiyo davlatlari birga. Hozir Ukrainani qaysi tarafga o‘tishi hal bo‘lyapti. Markaziy Osiyo davlatlarini Xitoy va Rossiya o‘z qismiga qo‘shishi aniq. Markaziy Osiyo davlatlarini boshidan bir-biridan ajratib, qo‘shilib, Turkiston blokiga aylanib ketmaslik choralari ko‘rilib kelgan. Lekin shu darajagacha tinchlik va xotirjamlikni saqlab kelayotgan yurtboshimiz va davlat xizmatida bo‘lgan vatanparvar insonlarni umri uzoq bo‘lsin va sog‘-salomat bo‘lishsin...

Akmal Mirzayev: Karimov yaxshi propaganda qilyapti siyosiy mustaqillik kerak, deb. Lekin siyosiy mustaqillik faqat chinovniklar uchun muhimroq, oddiy xalqni olsak, bunaqa siyosiy mustaqillikdan ko‘ra, iqtisodiy qaramlikni afzal ko‘radi. O‘zbekiston xalqini bugun mana shu iqtisodiy qaramlik boqyapti. Kim mening fikrimga qo‘shilmasa, Rossiyaning statistikasiga qarasin, denejnыy perevodlar hajmiga, immigrantlar soniga va hokazo...

Rashidov Ashraf: Bizga siyosiy bloklar kerak emas, bizga tinchlik kerak!. Xalqaro siyosiy bloklarga qo‘shilsak, bizning ichki siyosatimizni tushunmay, o‘zimizga qarshi chiqishadi. Bu esa I. Karimov va hukumat amaldorlariga yoqmaydi.

Ilxomjon Abdumannonov: Putin tuzayotgan ittifoqlarning kelajagi yo‘q...

Sharofiddin Ergashev: Xudo saqlasin "Soyuz "lardan, o‘zi bazo‘r qutuldik-ku bittasidan.

Dior Mirzajonov: Agar qo‘shilsa ham NATOga qo‘shilsa, zo‘r bo‘lardi...

Al Mir: NATOga qo‘shilganmiz...

Farhod Hamdamov: Rossiya ham o‘zining foydasini o‘ylab ish ko‘radi-da...

Shohruh Botirov: Yurtboshimiz to‘g‘ri yo‘l tutyapti, orqani emas, oldinni o‘ylab ish qilyapti. Umri uzoq bo‘lsin!

Boburjon Davronov: Bunaqa siyosiy bloklarga qo‘shilishga hali erta. Iqtisodiy jihatdan mustahkam oyoqqa turib olishi va chetga yetarlicha "kapital" kirgizadigan darajada boy bo‘lishi kerak ONA YuRTIMIZ... Siyosiy bloklarni qardosh xalqlar bilan tuzishimiz kerak. Ana shunda "rus ayig‘i"ning hamlasidan ham, inson huquqlari va so‘z erkinligini niqob qilib olgan "G‘ARB"ning tazyiqidan ham qo‘rqmasak bo‘ladi...

Abdurahmon Yuldoshev: Hech kimga qo‘shilmasdan, vaziyatni kuzatib, hamma bilan yaxshi bo‘lib, biznesni kuchaytirish kerak, o‘zi yaqinda qaramlikdan chiqdik...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002