Qozog‘iston chegara xizmati sobiq rahbari poraxo‘rlikda ayblanmoqda

Ostonada Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati sobiq rahbari Nurlan Julamanov ustidan mahkama boshlangan.

Mahkamaga shuningdek, 2458 harbiy qism komandiri Qayrat Balmagambetov ham keltirilgan.

Nurlan Julamanov va Qayrat Balmagambetov katta miqdorda pora olish va bir yoki bir necha jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblanishmoqda.

Mahkama jarayoni Ostona harbiy mahkamasida bo‘lib o‘tmoqda.

Nurlan Julamanov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan, ularni "soxta" va "siyosiy buyurtma" ekanini aytgan.

Janob Julamanov 2014 yil oktyabr oyida uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblanib qo‘lga olingandi.

Prokurorlarga ko‘ra, Nurlan Julamanov sherigi Qayrat Balgambetov bilan birga 2013-1014 yillarda mudofaa vositalarini sotib olish bo‘yicha shartnomalarni imzolashda xizmat vazifalarini suiste‘mol qilganlar.

Tekshiruv ishlari davomida ayblanuvchilarning 300 mln tenge (1,6 million dollar)ga teng mol-mulki nazoratga olingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002