BBC mehmoni muhojiratdagi huquq faoli Abdujalil Boymatov

Image caption Abdujalil Boymatov huquqbonlik faoliyati bois, O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan

Abdujalil Boymatov 1958 yil 11 yanvarda Farg‘ona viloyatining Beshariq shahrida tug‘ilgan.

1975 yil Alisher Navoiy nomli 3-o‘rta maktabni tugatgan.

1976-1981 yillarda Toshkent Politexnika Institutining injener-fizika fakultetida tahsil olgan.

1992 yilgacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot institutida ishlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

Abdujalil Boymatov Birlik Xalq Harakati a‘zosi bo‘lgan.

1992-2002 yillar orasida xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.

2003-2009 yillarda O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyatining kotibiyat a‘zosi. 2009 yil jamiyatning Frantsiyaning Anjer (Anger) shahrida bo‘lib o‘tgan qurultoyida tashkilot raisi etib saylangan.

U 1989 yildan 2006 yilning 31 iyuligacha O‘zbekistonda o‘tkazilgan norozilik aktsiyalarining tashkilotchisi, qatnashchisi bo‘lgan.

Abdujalil Boymatov 1989-1992 yillari BXH dagi faoliyati uchun, mitinglarda faol qatnashganligi uchun 5 marta sudlanib jarimaga tortilgan, ogohlantirilgan.

Unga ko‘ra, 1990-yili O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidiumi tomonidan Yadro fizikasi instituti rahbariyatiga o‘zini ishdan bo‘shatish haqida buyruq kelgan. Institut rahbariyatidagi BXHning faollari qo‘llab quvvatlashi natijasida buyruq amalga oshmagan.

Abdujalil Boymatov 2003-2006 yillari huquqbonlik faoliyati uchun, norozilik aktsiyalarining tashkilotchisi, qatnashchisi bo‘lgani uchun 3 marta sudlangan, 3 marta do‘pposlangan, ko‘p marta uy qamog‘iga olingan, tahdid va haqoratlarga duchor bo‘lgan.

Abdujalil Boymatov oilali, 3 farzandning otasi.

Hozirgi kunda Irlandiyaning Dublin shahrida siyosiy qochqin maqomida yashaydi.

Abdujalil Boymatovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang. Savollaringizni Facebookdagi sahifamizda ham qoldirishingiz mumkin.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002