"Rossiyadan qaytsam ota-onamni qanday boqaman?"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya iqtisodining ortga ketishi va rubl qiymatining qadrsizlanishi, shuningdek u yerda mehnat muhojirlariga nisbatan kiritilgan yangi cheklovlar tufayli ko‘plab Markaziy osiyoliklar ortga qaytishga majbur bo‘lmoqdalar.

Qonuniy ravishda ishlash sharoitlari og‘irlashgani tufayli esa yana ko‘plab muhojirlar deportatsiyaga yuz tutganlar.

Ulardan biri BBCga yo‘llagan maktubida Rossiyada ishlash imkonsiz bo‘lib qolganligi va vatanga qaytsa ota-onasini qanday boqishi haqida xavotirlarini izhor etgan.

"O‘zbekiston Tojikiston yo‘llarini ochib oldingiday iqtisodiy biznes qilsa bo‘lmaydimi? Man chegarada turaman, oldin kunimiz o‘sha yerdan o‘tardi, pulni o‘sha yerdan topar edik. Hozir qiyin bo‘lib qoldi yashash. Shu muammolarni IKKI davlat prezidenti nega muhokama qilmaydi? Endi qaysi mamlakatga borsam bo‘ladi ishlagani, shu haqida ma‘lumot bering! Ota-onam mani shuncha boqdi, man endi ota-onamni qanday boqaman?", deb yozgan maktub muallifi.

Biz maktub egasi bilan bog‘landik, u ismi-sharifini e‘lon qilmaslik sharti bilan vaziyat haqida aytib berdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002