Toshkent va Dushanbeni aloqalarini yaxshilashga nimalar majburlamoqda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"O‘zbekiston Havo yo‘llari" aviashirkati rahbari Valeriy Tyan aytishicha, joriy yilda Toshkent-Dushanbe aviaqatnovini qayta yo‘lga qo‘yish niyatidalar, lekin buning uchun O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo shartnoma imzolanishi talab qilinadi.

Oxirgi paytda 23 yillik tanaffusdan keyin ikki poytaxt o‘rtasida uchoqlar parvozini qayta tiklash ishlari boshlangani haqidagi xabarlar tarqalgan.

So‘nggi yillarda O‘zbek-Tojik munosabatlari sovuqlashgan, ushbu manzarada aloqalar yaxshilanayotgani haqida taassurot uyg‘otadigan harakatlarga nima turtki bergan bo‘lishi mumkin?

Dushanbedagi BBC muxbiri Mardoni Muhammad bu haqda gapirdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002