Rossiya qiruvchi uchoqlari "tobora tajovuzkor bo‘lib bormoqdalar"

Image copyright na

Rossiyaning Tu-95 bombardimonchi uchoqlarining Britaniya atrofidagi parvozi "fuqaro aviatsiyasi faoliyatini izdan chiqargan", izoh talab qilinganida Rossiya "bu odatiy parvoz" bo‘lgan deb tushuntirgan.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchiligidan nega Rossiya harbiy uchoqlari Britaniya manfaati hududi deb ko‘riladigan hududda kamida 12 soat davomida ogohlantirishsiz emin-erkin uchib yurgani sababini tushuntirib berishni talab qilgan.

Rossiyaning Londondagi elchisi Alekseandr Yakovenko aytishicha, Rossiya harbiy uchoqlari La-Mansh bo‘g‘ozi ustidagi parvozlarni izdan chiqarmagan va hech qanday tahdid paydo qilmagan.

Bundan oldin Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya elchisi chaqirtirilgan, La-Mansh ustidan fuqaro aviatsiyasi uchoqlari yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lingan parvozlar yuzasidan tushuntirish talab qilingan.

Britaniya rasmiylariga ko‘ra, Rossiyaning ikki uchog‘i Britaniya orolining shimoliy qismida paydo bo‘lgan.

Bunga javoban Britaniya qiruvchi uchoqlari havoga ko‘tarilgan.

Rossiya uchoqlari o‘zlarining harakatlari borasida qilingan radio muloqotlarga javob qaytarmaganlar, parvozlarini davom ettiraverganlar. Ikki Tu-95 bombardimonchi uchog‘i shimoldan Irlandiyaning g‘arbiy sohillari tomonga yo‘nalganlar.

Britaniyaning "Tayfun" qiruvchi uchoqlari ularni 12 soat davomida kuzatib borgan.

Irlandiya suvlari La-Mansh bo‘g‘ozi ustigacha uchib kelgan Rossiya bombardimonchi uchoqlari so‘ng ortga qaytganlar.

Xabar qilinishicha, Rossiya uchoqlari Britaniya chegarasiga 40 kilometr masofada yaqinlashganlar.

Ukraina inqirozi ortidan G‘arb bilan Rossiya munosabatlari taranglasharkan, Rossiya bombardimonchi uchoqlarining bunday parvozlari soni ko‘paygan, Rossiya uchoqlarining hatti-harakatlari tobora tajovuzkor bo‘lib borayotgani aytilmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer