BBC mehmoni yozuvchi G‘affor Hotamovga savol yo‘llang

Yozuvchi G‘affor Hotamov 1953 yilda Buxoro viloyatining Navoiy tumanida tug‘ilgan.

Nizomiy nomidagi Pedagogika institutining filologiya fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1974 yil boshlagan.

"Tong va shom" nomli birinchi hikoyasi 1976 yil "Guliston" jurnalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning so‘zi bilan chop etilgan.

Ilk kitobi "Xat tashuvchi bola" hikoyalar to‘plami 1978 yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

Yozuvchi G‘affor Hotamovning "Qaytish" "Kuntug‘mishning kulmagan baxti", "Bir muhabbat qissasi", "Quduq tepasidagi oy" kabi qator kitoblari bor.

Shuningdek, "Tarixning qonli va ko‘z yoshli sahifalari" publitsistik maqolalar to‘plami chop etilgan.

Oxirgi ijod namunasi "Afsungar" o‘quvchilarga internet orqali yaxshi tanish. Yozuvchining aytishicha, hozir ushbu asarini kitob holida bosmadan chiqarilishi ustida ishlamoqda.

G‘affor Hotamov turli yillarda Navoiy viloyat "Do‘stlik bayrog‘i"gazetasida, "Yoshlik" jurnali va "Turkiston" gazetasida bosh muharrir vazifalarida ishlagan.

Sobiq Ittifoq davrida "Quduq tepasidagi oy" kitobi uchun Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Mustaqillikdan keyin unga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoni berilgan.

G‘affor Hotamov oilalik, uch o‘g‘il, bir qiz va nevaralari bor.

G‘affor Hotamovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer