Shakkoklik qonuni dunyoda

Image copyright Reuters
Image caption Shakkoklik qonunlari tanqidga uchramoqda

Bir qator insonparvar tashkilotlar dunyoning turli mamlakatlarida shakkoklikka qarshi qonunlarni yo‘q qilish talabi bilan chiqishgan.

Bu hodisa Frantsiyada Sharli Ebdo jurnaliga hujumdan keyin yuz bermoqda.

Biroq dunyoning ko‘plab mamlakatlarida shakkoklikka qarshi qonunlar maqjud va bu mamlakatlarda ko‘pchilik ushbu qonunlarning tarafdoridir.

Biroq ushbu qonunlar ketidan, deb hisoblashadi bu qonunlarga qarshi turganlar, ko‘plab deyarli begunoh insonlar o‘ta og‘ir jazolarga hukm etilmoqda.

Jumladan, Saudiya Arabistonida blogger Raif Badavi islomiy shaxslarni tanqid qilgani uchun 1 ming darra jazoga hukm etildi.

Pokistonda besh bola onasi Osiyo Bibi 2010 yildan beri o‘z o‘limini kutishga majbur. Unga qo‘yilgan ayb bir piyola suv ustidan chiqqan janjalda islomni tahqirlashdir.

Lekin shakkoklik haqidagi qonunlar nafaqat musulmon mamlakatlarida, balki boshqa dinga mansub yurtlarda ham mavjud.

Jumladan, Ovro‘poda Maltaning o‘zida "ijtimoiy shakkoklik" aybi bilan 2012 yili 99 jinoiy ish ochilgan.

Rossiyada Pussy Riot rok-guruhining ishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Pyu Tadqiqot Markazi shakkoklik borasida qonun-qoidalar qabul qilingan mamlakatlar xaritasini tuzib chiqdi.

Bu ro‘yxatda 47 mamlakat bor.

Image copyright BBC World Service

Shakkoklik qonuni mavjud mamlakatlar

1. Irlandiya 13. Malta 25. Saudiya 37. Antigua 2. Daniya 14. Yordan 26. Yaman 38. Santa Lyusiya 3. Germaniya 15. Livan/Lubnon 27. Amirliklar 39. Barbados 4. Polsha 16. Suriya 28. Oman 40. Grenada 5. Italiya 17. Iroq 29. Qatar 41. Trinidad 6. Yunoniston 18. Eron 30. Bahrayn 42. Peru 7. Turkiya 19. Afg‘oniston 31. Hindiston 43. Gayyana 8. Quvayt 20. Pokiston 32. Somaliya 44. Surinam 9. G‘arbiy Sahara 21. Mavritaniya 33. Maldiv 45. Malayziya 10. Marokash 22. Nigeriya 34. Bahama 46. Singapur 11. Jazoir 23. Misr 35. Beliz 47. Indoneziya 12. Tunis 24. Sudan 36. Sen Visent

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz: 44 7858 860002