Niagara sharsharasidan quyiga emas, yuqoriga

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Muz cho‘qqilariga chiqishi bilan dunyoga tanilgan professional alpinist Uill Gadd muzlagan Niagara sharsharasidan yuqoriga ko‘tarildi.

U muzlagan Niagaradan ko‘tarilgan birinchi inson bo‘lgan.

Bu yilgi qishki sovuq AQSh va Kanada chegarasidagi mashhur Niagara sharsharasini muzlatgan.

Niagara aslida uch sharsharaning qo‘shilishidan tarkib topgan.

Uill Gadd Niagaraning Ot taqasi sharsharasi qismini tanlagan.

Sharshara chetida eni 9 metr, balandligi 46 metrlik muz yuzaga kelgan.

Niagaradan soatiga 70 kilometr tezlikda shamol urib turgan.

Bir soat davomida alpinist yuziga muzday suv urib turganiga qaramasdan, u tepaga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Sharhsiz video.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002