London markazida avtobusning tomi "archilib tushdi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

London markazida daraxt shohiga urilgan yo‘lovchi avtobusning tomi "archilib tushgan".

91-yo‘nalishdagi ikki qavatli avtobus Londonning Xolborn mavze‘sidagi Kingsuey ko‘chasidagi daraxt shohlariga urilgan.

London Tez tibbiy yordam xizmati ikki kishining yuzdagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilganini ma‘lum qilgan.

Yana ikki yo‘lovchi mayda jarohat olgan.

London Favqulodda xizmatlar xodimi "bunday hodisaga har kuni ham duch kelavermasliklari"ni aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz: 44 7858 860002