Ijtimoiy minbar: "Ayollarni jihodga qo‘shilishga nima undaydi?"

Image copyright AP

"Ijtimoiy minbar"imizning so‘nggi bahs mavzusini "Ayollarni jihodga qo‘shilishga nima undaydi?", degan savol qo‘ygan edik.

Eng so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, G‘arbiy Ovro‘podan besh yuzu ellikka yaqin ayol "Islomiy Davlat" guruhiga qo‘shilish uchun Suriya va Iroqqa ketgan. Tadqiqotni Britaniyadagi Strategik Muloqot Instituti e‘lon qildi.

Oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Suriya va Iroqqa jihodga ketayotgan fuqarolar ham ko‘paygani bot-bot aytilmoqda, ular orasida ayollar ham borligi xabar qilinmoqda.

Shu bahonada biz Internet ijtimoiy tarmoqlarimizda "Siz shunday ayollarni bilasizmi? Sizningcha, ularni bunday yo‘l tutishga nima undaydi?", degan savollar bilan murojaat qildik.

Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi ba‘zi fikr-mulohazalar bilan tanishing.

Facebookda o‘ziga "Maylimi Nik qo‘ymasam" deb nom bergan o‘quvchi shunday yozipti: Admin, sal o‘ylab yozinglar. Jihodga emas, terrorga qo‘shilgan".

Daler Zikirov "bechora aqli kaltalar..." deb izoh qoldiribdi.

Facebookdagi "Gul Da Jannat" ismli foydalanuvchi, "katta gunoh odamlarni o‘ldirish. Vatanimga, Shahrimga, Mahallamga, Uyimga, Oilamga kimdur hujum qilsa himoya qilgan bo‘lardim. Lekin o‘sha hujum qilganlarni vataniga borib oddiy xalqini o‘ldirmagan bo‘lardim. Chunki shu davlati qilgan ishga oddiy xalq aybdor emas", deb fikr qoldirgan.

Rashidov Ashraf savol qo‘ygan: Musulmonchilikda, Islomda ayol qurol ko‘tarib jihod qilishi mumkinmi? Jihod deb o‘zini, boshqalarni o‘ldirishi kerakmi Islomda?

Joni Bek ismli Facebook foydalanuvchisining fikrlari mana bunday: VVSni yangi ig‘vosi....bu. Bu gapimiz musulmonlarni bir-biriga dushman qilib qo‘yar...agar shunday bulsa...biz ishni uddaladik... farzi ayin darajasiga ko‘tarilganda VATAN HIMOYaSI uchun birov birovdan ruxsat so‘rab o‘tirmasdan qo‘liga qurol olib jangohhga otlanadi..., deb yozgan.

Sa‘dulloh Rahimbekov yozadi: Eng yaxshi jihod - insonni nafsiga qarshi qilgan jihodi hisoblanadi.

Zeynep Jan ismli foydalanuvchi, Kimki ostonasidan hatlab o‘tib o‘z oilasi, bolasi va qardoshlariga non uchun pul topish uchun, jonini tahlikaga qo‘yib bo‘lsa ham, gunohlarga ham tik turib bardosh bersa, ana o‘sha jihod deyiladi. Jihod o‘yinchoq emas, jihod qurol ko‘tarish bilan birga bosh ko‘tarish, yurakni ko‘tarish, bir insonning dardi bilan yonish, deb yozgan.

Facebookdagi Abu Rahmon ismli foydalanuvchi, "Dunyo uchun yashaganlar oxirat uchun yashaganlarni tushunomaydi. Tushunolmaysizlar", deb yozipti.

Ohiratga bolgan iymoni u qadar kuchliligidan ketishyapti manimchcha, deb yozadi EysEs Ibroxim ismli foydalanuvchi, Lekin ularni aybi osha etiqodini siyosiy maqsadlar uchun su istemol qilib suniy jihod yaratuvchilarni domiga tushib qolayotganliklarini oylamasdan ilimsizlarcha ergashayotganliklaridur.

O‘ziga Ortiq Otajon deb Facebookda ot qo‘ygan o‘quvchi shunday mulohaza bildirgan: Din odamni kar va ko‘r qilarkan. Bular endi odam o‘ldirishga ketayapti-da, to‘g‘rimi? Bir tomondan ularni qoralashgayam haqqimiz yo‘q. Chunki din qurbonlik kilishni, so‘yib tashlashni ulug‘laydi, deb yozgan.

Shuhrat Agzamov ismli mushtariy yozadi: Amerika, bazi, Yevropa davlatlari ayollari armiyaga ketayapti, nima uçun shu tög'risida yozmaysizlar? Armiyada neçta e'rkakni öyinçog'i bölib yuribdi? shu tög'risida yozilar Islomiy davlatga osilmasdan. Sizlarga qöshilib g'iybatçilar g'iybatini boshlaydi.

O‘tkir G‘ulomov shunday fikr qoldiripti: Meni fikrimcha...asosi sabab bu adolatsizlikdir.

Usha garbie Evropada xam kanchalik demokratiy rivojlangan demaelik...bari bir musurmonlarga nisbatan adolatsizliklar mavjud. Bu boradagi ijtimoi va iktisodi siesatni reformalashtirish zarur. Fakat shundagina jamiytda xakikiy demokratiy, tolerantlik buladi. Okibatda jamiytda adolatsizlik keskin kamayadi va radikalizim ham uz uzidan barxam topadi. Bir necha din va elatlarni imperiyga birlashtirgan Buyk bobomiz xam..Kuch adolatdadir degan!!!

Atrofda boshqa savob ishlar kolmabdimikin, deb savol beripti Ali Turayev ismli foydalanuvchi.

(Kamoliddin Yoldash: Yevropa to‘la gey bo‘lsa, ayollar boshqa qayoqqa borsin?

Jamila Abdurasulova: Axmoklik. Ollox insonga, ayolga nima uchun umr beradi? Unaka insonlarga achinmayman.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz: 44 7858 860002