Mana buni topildiq desa bo‘ladi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bu g‘aroyib topildiq nima bo‘ldi ekan, desangiz, buzuq, zanggu chang bosgan, ammo bahosi millionlarga teng oltmishta eski mashina.

Buncha mashinaning qayerda yotganini aytmaysizmi: Frantsiyadagi tashlandiq bir qasrning yerto‘lasida.

Bu qimmatbaho mashinalar allaqachon Parijdagi Ko‘rgazmalar markazida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

Agar, mashinaning tilini tushunsangiz va cho‘ntagingizda bir-ikki millioningiz bo‘lsa, juma kuni markazga borishni unutmang.

Avval esa, ularni tomosha qilish uchun videolavhamizga ko‘z tashlashni unutmang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz: 44 7858 860002