Horij banklarida o'zbekistonliklarga tegishli mablag bisyor

Jurnalistik Tadqiqotlar bo‘yicha Xalqaro konsortsium(ICIJ) e‘lon qilgan hisobotda dunyoga mashhur HSBC bankining Shveytsariyadagi bo‘limida 2007 yilda O‘zbekistonga aloqador 13 shaxsga tegishli bank hisoblarida taxminan 20 million dollar mablag‘ saqlangani aytilgandi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yirik mablag‘larni Shveytsariya bankiga qo‘yish bo‘yicha 141-o‘rinni egallagan.

1988 yildan 2006 yilgacha O‘zbekistonga aloqador 19 mijoz HSBC bankida 33 bank hisobini ochgani aytiladi.

Shveytsariyada joylashgan "O‘zbekiston Demokratik jamg‘armasi" xabar qilishicha, o‘zbekistonliklarga tegishli bundan ham ko‘p mablag‘ haqida jamg‘armada ma‘lumot bor.

"O‘zbekiston Demokratik jamg‘armasi" bir yil oldin Prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan Shveytsariyadagi uyni ishg‘ol qilishi bilan jahon matbuoti e‘tiboriga tushgan edi.

Bi-bi-si jamg‘arma rahbari safar Bekjon bilan bog‘lanib, HSBC bankining o‘zbekistonlik mijozlari haqida sizlarga yana nimalar ma‘lum, deb so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi