Prezident Karimov yangi qaror imzolagan, Qashqadaryoga borgan

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, Prezident Islom Karimov 18 fevral kuni keksalar yiliga bag‘ishlangan qarorni imzolagan, 19 fevral kuni Qashqadaryoga borga

Matbuotda "Keksalarni e‘zozlash yili" davlat dasturini tasdiqlash haqidagi Prezident Karimov qarorining matni e‘lon qilingan.

2014 yil dekabrida mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingani sanasi bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda 2015 yilni Prezident Karimov "Keksalarni e‘zozlash yili" deb e‘lon qilgan, ushbu yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan ishlar rejasini ishlab chiqishni hukumatga topshirgan edi.

Ushbu davlat dasturi haqidagi qarorni Prezident Islom Karimov 18 fevral kuni imzolagan.

19 fevral kuni davlat nazoratidagi "O‘zbekiston" va "Yoshlar" telekanallari 29 martdagi prezidentlik saylovida prezidentlikka nomzod Islom Karimov Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashgani haqidagi videoyangiliklarni namoyish etgan.

Prezident Karimovning ushbu uchrashuvi prezidentlikka nomzodlari ilgari surilgani xabar qilingan boshqa yana uch nomzodning boshqa viloyatlarda saylovchilar bilan uchrashgani haqidagi lavhalar bilan birga ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston prezidentining hujjat imzolagani va Qarshida saylovchilar bilan uchrashgani janob Karimovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar tarqalgandan keyin kuzatilgan.

Muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati 28 yanvar kuni Prezident Karimovning sog‘ligi yomonlashgani haqida xabar tarqatgan.

O‘zbekiston rasmiylari muxolifat xabarini rad etuvchi biror izoh bermagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer