Tolibon: "Islomiy Amirlik muzokaralar haqida o‘ylayotgani yo‘q"

Image copyright

Afg‘oniston Tolibon harakati o‘zlarining AQSh bilan tinchlik muzokaralariga tayyor ekanliklariga oid xabarlarni shu tariqa keskin rad etib chiqdi.

Harakat voizi Zabiulloh Mujohidning aytishicha, "Afg‘oniston hanuz ishg‘ol va minglab xorijiy askarlarning nazorati ostida. Shu bois ham, Islomiy Amirlik muzokaralar masalasiga jiddiy e‘tibor qarayotgani yo‘q".

Unga ko‘ra, muzokaralar borasidagi siyosatlari o‘sha-o‘sha, ya‘ni hech bir o‘zgarishsiz qolgan.

Eslatib o‘tish joiz, Afg‘oniston Tolibon harakati rahbari Mulla Muhammad Umar, yillarki, afg‘on tuprog‘ida biror bir xorijiy askar qolarkan, hech bir tomon bilan tinchlik muzokaralariga bormasligini ta‘kidlab keladi.

Qo‘shni Afg‘onistonda Tolibon tuzumi qulatilishi bilan kechgan o‘tgan 14 yil mobaynida esa, hech bir manfaatdor yoki vositachi tomonning harakat bilan muzokaralar olib borish urinishlari samara bermagan.

Alal-oqibat, 13 yillik harbiy hozirliklari ortidan, G‘arb boshchiligidagi ittifoq qo‘shinlari afg‘on mojarosiga biror bir yechim topmay, o‘tgan yil Afg‘onistonni deyarli butkul tashlab chiqishgan.

Image copyright AFP

Ya‘ni, Afg‘onistonning yangi milliy birdamlik hukumati va rasmiy Vashington o‘rtasida imzolangan muhim xavfsizlik bitimiga muvofiq, o‘n mingdan ortiq xorijiy askar va ular qator harbiy bazalarining 2016 yil yakuniga qadar afg‘on zaminida qolishiga izn berilgan.

Yangi milliy birdamlik hukumati iqtidorga kelgan o‘tgan to‘rt oy ichida Afg‘oniston zo‘ravonliklar girdobiga botarkan, AQSh Prezidenti Barak Obama bu askarlarning vakolatlarini kengaytirishga qaror qilgan, ularga yana jang olib borish huquqini ham bergandi.

Voqealarning bu kabi rivoji Afg‘oniston Tolibon harakatining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan, harakat bunga javoban butun mamlakat bo‘ylab o‘z hujumlarini kuchaytirishga va‘da qilgandi.

Afg‘oniston Tolibon harakati voizi Zabiulloh Mujohid o‘zlarining yangi bayonotlarida ham mavjud vaziyatga yana bir bor to‘xtalib o‘tgan.

Bunga qo‘shimcha o‘laroq, afg‘on hukumatining chuqur korruptsiyaga botgani va Islomga zid faoliyat olib borishga zo‘r berayotganini ham nega muzokaralar borasida bosh qotirib o‘tirish niyatlari yo‘qligiga boshqa sabablar o‘laroq keltirib o‘tgan.

Image copyright Reuters

Bunga qo‘shimcha, Pokiston Qurolli kuchlarining qavmlar yashovchi va turli jangari guruhlar boshpana topib kelayotgan Shimoliy Vaziriston mintaqasida olib borayotgan keng ko‘lamli harbiy amaliyotlari ham Afg‘onistondagi vaziyatni izdan chiqarishga xizmat qilmay qolmagan.

Xuddi shu manzarada mintaqaga Yaqin Sharqdagi "Islomiy Davlat" guruhining ham ko‘z tikkani ma‘lum bo‘larkan, tahlilchilar orasida Afg‘onistondagi vaziyatning Iroqdagisi kabi tus olib ketishiga oid jiddiy xavotirlar ham yo‘q emas.

Chunki aynan ham Pokiston va ham Tolibon harakatining sobiq a‘zolari "Islomiy Davlat" guruhining mintaqadan yollashga muvaffaq bo‘lgan ilk jangarilari bo‘lishgan.

Voqealarning bu kabi rivoji manzarasida tahlilchilar va hatto, ayrim mintaqa davlatlari rahbarlari orasida bugun afg‘on mojarosining yechimini hech kim bilmasligiga oid xulosaga kelib bo‘lganlari ham yo‘q emas.

Lekin, ta‘kidlash joiz, orada qo‘shni Xitoy afg‘on mojarosiga yechim topishda yangi vositachi rolini bajarish istagini oshkora bayon qilgan va buning uchun, hatto, o‘zining iqtisodiy qudratini ishga solishga ham hozir ekanini bildirgandi.

Ham iqtisodiy va ham harbiy jihatdan dunyoning ikkita qudratli davlatidan bittasi bo‘lgan Xitoyning ushbu bayonoti ortidan, yaqinda Afg‘oniston Tolibon harakatining Pekinga safar qilganiga oid xabarlar o‘rtaga chiqqan va toliblarning o‘zlari tomonidan ham rasman tasdig‘ini topgandi.

Ammo harakat hay‘atining Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoyning tinchlik muzokaralarida vositachilik qilish masalasi muhokama etilganini qat‘iyan rad etib chiqqandi.

Tolibon harakatining ushbu raddiyasiga rasmiy Pekin biror bir munosabat bildirmagan, biroq kuni-kecha Xitoy Tashqi ishlar vaziri qo‘shni Pokistonga safar qilib, yana bir bor ayni istaklarini rasman bayon qilgandi.

Afg‘oniston masalasida yakuniy so‘zni aytish qudratiga ega AQSh ham, agar vositachilik maqsadini ko‘zda tutsa, Xitoyning afg‘on mojarosiga aralashuviga qarshi emasligini bildirgandi.

Xitoy, boshqa tomondan, har ikki Tolibon harakatiga katta ta‘sirga ega, deb ko‘riluvchi Pokistonning ham iqtisodiy va ham harbiy jihatdan eng yirik ittifoqchisi sanaladi.

Afg‘oniston Tolibon harakati va AQSh tomoni bugun - payshanba kuni kechroq Qatarda tinchlik muzokaralariga kirishisharmish, degan yangi xabarlar esa, xuddi ana shu manzarada o‘rtaga chiqqan.

Harakat voizi Zabiulloh Mujohidning biroz avval e‘lon qilgan bayonotiga tayanilsa, "bu haqda bir nechta mas‘uliyatsiz ommaviy-axborot vositalari xabar tarqatishgan".

"Bizning Qatardagi idoramiz bilan hech kim bog‘langani yo‘q. O‘zimiz ham biror bir muzokarani rejalamaganmiz. Shunday ekan, bu xabarlar mutlaq yolg‘on", - deya bayon qilgan harakat voizi.

Harakatning bayonotidan qisqa vaqt o‘tmay, AQSh tomoni ham Qatarda toliblar bilan muzokaralar olib borishlariga oid xabarlarni rad etib chiqqan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02