Britaniya musulmonlari Britaniyaga sodiq

Bi-bi-si buyurgan so‘rovga binoan aksar Britan musulmonlari zo‘ravonlikka qarshidir.

Ko‘pchilik G‘arb manfaatlariga qarshi kurashganlarni oqlamaydi.

Biroq 1000 so‘rovda qatnashgan Britan musulmonlaridan 27% Parij hujumlari ketidagi sabablarga xayrixohlik bilan qarashadi.

80% Payg‘ambar Muhammad (sav) rasmlarining chop etilishidan ranjishganini bildirishgan. 26 yanvar va 20 fevral orasida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, 32% Britan musulmonlari yanvar oyida Parijda ro‘y bergan hujumga hayron bo‘lishmagan. So‘rov natijalari

So‘rovga binoan Britan musulmonlarining deyarli yarmi Islomga qarshi Britaniyada kamsitish borligini sezishgan va Britaniya toqatsizroq bo‘lib bormoqda degan fikrdadir.

Biroq 95% so‘ralganlar Britaniyaga sadoqatini izhor etishgan va 93% Britan qonunlariga bo‘ysunishi kerakligini e‘tirof etishgan.

Deyarli 20% so‘ralgan ayollar Britaniyada o‘zlarini xavf ostida ekanliklarini bildirishgan, erkaklar orasida bu raqam atigi 10% dir. Britaniya toqatsizlanyaptimi?

ComsRes savollaridan ba‘zilari:

Agarda musulmon jamoasidan kimdir zo‘ravonlikka hozirlanayotganini bilsam, politsiyaga xabar beraman - 94% ha deyishgan.

Men Al Qoida va DOIShga xayrixohlik bildirgan musulmonlarni bilaman - 8% ha degan.

G‘arbga qarshi zo‘ravonlikka da‘vat qiluvchi imomlar musulmonlardan uzilib qolishgan - 49% bu fikrga rozi bo‘lishgan.

Bolam musulmon maktabiga borishini istardim - 31% ko‘nishgan.

Men g‘ayri-musulmonlardan ko‘ra ko‘proq musulmonlar bilan muloqotda bo‘lardim - 13% ijobiy javob berishgan.

Imkon topsam Britaniyani tark etib boshqa mamlakatga ketardim - 14% ha degan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02