Quyosh batareyasiga ishlaydigan uchoq parvozini boshladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan bir kishilik uchoqda dunyoni aylanib chiqishni mo‘ljallagan shveytsariyalik Andre Borshberg rekord tajribasini Abu-Dabidan boshlagan.

Solar Impulse-2 rusumli uchoq Birlashgan Arab Amirliklaridan sharqqa tomon Ummon yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan.

Og‘irligi 2.3 tonna bo‘lgan uchoq besh oy mobaynida yer kurrasini aylanib chiqishi kutiladi.

Uchoq to‘xtab-to‘xtab uchadi va uni ekologik jihatdan toza texnologiya targ‘ibotchilari bo‘lgan Borshberg va Bertran Pikar navbat bilan boshqaradilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02