Putin yana paydo bo‘ldi va mish-mishlardan kuldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

5 martdan buyon ilk bor jamoatchilik qarshisiga chiqqan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining sog‘ligi haqidagi mish-mishlar ustidan kulgan.

"Hayot mish-mishlarsiz zerikarli bo‘lar edi", - degan u Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan Sankt-Peterburgdagi muzokaralar chog‘ida.

62 yoshli Putin xotirjam ko‘ringan va telekameralar qarshisida jilmaygan.

Uning omma ko‘zidan yo‘qolib qolishi turli mish-mishlarni keltirib chiqargan.

Jumladan, xastalangan, farzand ko‘rgan yo-da davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lishi mumkin, degan farazlar aytilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02