O‘zbekistonda xalq peshvolari ulamolarmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Mashhur ulamo, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning o‘tgan hafta vafot etishi ortidan ko‘plab o‘zbekistonliklar Toshkent ko‘chalarini to‘ldirib, uning janozasida ishtirok etdilar.

Tarqalgan suratlarga ko‘ra, minglab odamlar janoza bo‘lib o‘tgan Ko‘kcha masjidi atrofiga yig‘ildilar va masjidga kirib olishga urindilar.

Sobiq muftiyning vafoti o‘zbek rasmiy matbuoti orqali xabar qilinmadi, biroq uning vafoti uning shaxsiga bo‘lgan qiziqish qanchalar yirik ekaniga ishora bo‘ldi.

Arabshunos mutaxassis va siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning aytishicha, O‘zbekistonda dindorlikni imkonqadar past ushlab turishdek davlat siyosati fonida, ba‘zi bir diniy ulamolarning nufuzi yuqoridir.

"Diniy ulamolarga Karimov rejimi ishonmaydi. Lekin ularsiz vaziyatni ushlab tura olmasligini biladi", - deydi u.

Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02