Tadbirkorlar internet orqali kelishuvga ishonadilarmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda shirkatlar o‘rtasida elektron hujjatlarni almashishni ta‘minlaydigan Faktura.uz sayti tuzilgan.

Loyiha mualliflariga ko‘ra, yangi xizmatni butunlay yangi deb bo‘lmaydi.

Ko‘p yillardan beri tadbirkorlar soliq idoralariga raqamli elektron imzolar orqali tasdiqlangan hisobot va boshqa hujjatlarni o‘zlariga qulay shaklda jo‘natish imkoniga ega edilar, deydi internet sayt vakillari.

Bunga qo‘shimcha, endi ishbilarmonlar yuridik ahamiyatga ega hujjatlarini biznes hamkorlariga Faktura.uz. sayti orqali sanoqli lahzalar ichida yetkazishlari mumkin.

Tomonlarning muhrlari qo‘yilgan bu elektron hujjatlar qog‘oz shaklidagi hujjatlar bilan bir xilda yuridik ahamiyatga ega, deb ta‘kidlanadi portal xabarida.

Saytning xavfsizligi aloqaning himoyalangan kanallari vositasida ta‘minlanadi va o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston qonunlari shartlariga mos ravishda amal qilaishi aytiladi.

Faktura.uz orqali hujjatlar almashish xarajatlarni kamaytirishi hamda ma‘lumotlar tez va ishonchli tarzda hamkorlarga yetkazilishi va‘da qilinadi.

Bundan oldin ham uMail.uz deb nomlangan bepul elektron pochta xizmatining o‘zbek tilidagi sahifasi ish boshlagan edi.

Ushbu xizmatni O‘zbekistondagi davlat nazoratidagi UZINFOCOM markazi yo‘lga qo‘ygandi.

Yangi bepul elektron pochta xizmatining muhim yangiligi uning interfeysi o‘zbek tilida ekanligi qayd etilgan.

Yillar davomida xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni so‘z erkinligini bug‘ishda, internet sahifalariga to‘siq qo‘yishda tanqid qilib keladilar.

Yangi elektron pochta xizmatining joriy etilishi xam xukumatning O‘zbekiston ichkarisidagi internet foydalanuvchilari ustidan nazoratni kuchaytirish amallaridan biri sifatida qaralgan.

Shunday ekan, yangi taklif qilinayotgan elektron xizmat qanchalik ishonchli va tadbirkorlar ishonchini qay tarzda oqlashi mumkin?

Qozog‘istondagi o‘zbekistonlik biznesmen Akbar Husainovga ko‘ra, yangi ochilgan "Faktura.uz" sayti tadbirkorlarning ishonchini qozonishi uchun, uning xavfsizligiga ishonishlari uchun biroz muddat kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda internet orqali biznes hamkorlik qilish biroz yangi bo‘lsa ham, bu jahon tajribasida samarali yo‘llardan biri, deydi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02