BBC mehmoni - Markaziy Osiyo adabiyoti va madaniyati targ‘ibotchisi Marat Axmedjanov

BBC mehmoni - Londondagi Silk Road Media nashriyoti rahbari Marat Axmedjanovga savol bering!

Marat Jizzaxda tug‘ilgan.

O‘zbekistondagi mahalliy davriy nashrlarda faoliyat yuritgan.

2002 yilda Silk Road Media nashriyoti ta‘sischilaridan biri bo‘lgan.

Ushbu nashriyot ingliz tilida Open Central Asia jurnalini muntazam nashr qilib keladi.

Bu jurnal inglizzabon o‘quvchilarning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishishlarida muhim rol o‘ynab kelmoqda.

Shuningdek, Marat Axmedjanov "Hertfordshire Press" matbaa uyi asoschisi.

U, qator yillardan buyon O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va turkmanistonlik ijodkorlarning ijodiy asarlarini targ‘ib etish maqsadidagi Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyot festivallarini tashkil qilib keladi.

Mintaqa shoir va yozuvchilarining o‘z ona tillaridagi asarlarining eng yaxshilarini topish va ingliz tiliga tarjima qilish hamda tarqatishga e‘tibor qaratgan ushbu tadbirlar Bishkek va London shaharlarida o‘tkazildi.

Kitob forumlariga butun mintaqadan yozuvchi va shoirlar qatnashishdi.

BBC mehmoni Marat Axmedjanovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini juma kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Your contact details
Disclaimer