O‘zbek fermerlari bu yil ham paxta va g‘alla majburiyati ostida

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Latviyaning Global Gateway nomli kompaniyasi va Farg‘ona viloyati bozorlari uyushmasi O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni Latviya va bu mamlakat orqali Ovro‘po Ittifoqiga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga imzo chekkanlar.

Kompaniyaning vakili Florens Yansonsning aytishicha, o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun Ovro‘po bozoriga yangi eshiklar ochilayapti va ayni damda Latviya uchun ham avval yiroq bo‘lgan bozor kashf qilinayapti.

O‘zbekiston meva va sabzavotlariga xorijda talab aftidan oshib borayapti, ammo o‘zbek fermerlarining faqat g‘alla va paxta ekishdek majburiyatlari kuchda qolmoqda.

Jizzaxlik fermer Ma‘murjon Azimovning BBCga aytishicha, 2015 yil ham paxta va g‘alla borasidagi davlat siyosati o‘zgarmaydigan ko‘rinadi.

Unga ko‘ra, avval fermerlarga qo‘shimcha sabzavotlar yetkazish uchun mavjud bo‘lgan ruxsat hozirda yo‘q va ba‘zi fermerlar hokimiyat ruxsatisiz pamildori yo piyoz ekishsa, bu maydonlar haydab tashalgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002