"Ona sutini emgan go‘daklar o‘qimishli bo‘ladilar"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ona suti bilan emizilgan go‘daklar o‘qimishli va yaxshi daromad topuvchi odamlar bo‘lib yetishar ekanlar.

Braziliyada uzoq vaqt davomida olib borilgan tadqiqotning xulosasi ana shunday.

Tadqiqotchilar oxirgi 30 yil davomida 6 ming odamni tug‘ilishidanoq yaqindan kuzatishgan.

Hozirda 30 yoshidan oshgan qatnashchilarning uch yarim ming nafarining bilim va zehni maxsus testlar orqali tekshirilgan.

Emizilgan qatnashchilar aqlliroq bo‘lib chiqqan va uzoqroq emizilganlari undanda aqlliroq ekani xulosa qilingan.

Biroq dunyoning turli mamlakatlarida chaqaloqlarni ona suti bilan oziqlantirishga turlicha munosabatlar mavjud.

Hatto Britaniyada jamoat joyida bolasini emizgan ayolning harakati har xil baholangan. Bu borada bahslar kelib chiqqan.

Image copyright Reuters

Jamoat joyida bolasini emizgan ayolni yoqlagan butun dunyodagi ayollar "ko‘chada emizish"ning hech bir yomon joyi yo‘qligini ta‘kidlab aktsiyalar o‘tqazishgan.

BBC toshkentlik hamshira Umida Mirzarahimovadan tibbiyot go‘dakni ona suti berib boqishga qanday qarashi, O‘zbekistondagi munosabat haqida so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02