Sanodagi masjidlarga hujumda 100 dan ortiq inson halok bo‘lgan

Image copyright EPA

Yaman poytaxti Sanoda hudkush hujumchilar ikki masjidni nishonga olgan.

Xabarlarga ko‘ra, kamida 126 inson halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar yaralangan.

Uch nafar hujumchi masjidlarni nishonga olgan payt musulmonlar Badr va al-Hashush masjidlarida peshin namozini ado etayotgan bo‘lishgan.

Ushba masjidlarda asosan, Sanoni nazorat qilayotgan shialar boshchiligidagi Huti isyonchilik harakati tarafdorlari namoz qilishgani aytiladi.

Islomiy Davlat hujumlar uchun mas‘uliyatni zimmasiga olgan.

Guruh o‘tgan yili o‘zining Yamandagi sho‘‘basini ochgan edi.

ID bayonoti guruh targ‘ibotlarida foydalanib keladigan Twitter sahifalarida e‘lon qilingan.

Tasdiqlangani taqdirda bu Islomiy Davlat Yamanda amalga oshirgan birinchi hujum bo‘ladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002