"O‘z fikrini aytgani uchun o‘ldirildi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qur‘oni Karimni yoqishda asossiz ayblanib olomon tomonidan urib o‘ldirilgan Farxunda hodisasi butun Afg‘oniston va jahonni larzaga soldi.

Hozirda aytilishicha, Farxunda masjiddagi mulla bilan turli kasalliklardan saqlovchi tumorlarni sotish borasida o‘z qarshiligini izhor qilgan.

Ana shu tortishuv mobaynida mulla Farxundani Qur‘oni karimni yoqishda ovozini baralla qo‘yib, ayblay boshlaydi. Bu ayblovni eshitib olomon yig‘ilgan.

BBC muxbiri Devid Loyn bilan suhbatlashgan Farxundaning otasi uning ruhan nosog‘lom bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Otasining aytishicha, politsiya Farxundani ruhan nosog‘lom bo‘lgan, deb aytishga undagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02