Fransa Alp tog‘lariga Germanwings uchog‘i qulagan

Image copyright AFP

Airbus A320 uchog‘i Fransaning Alp tog‘larida qulagan.

Qulash oldidan uchoq qutqaruv signallarini jo‘natgan.

Uchoq Barselonadan Dyusseldorfga tomon yo‘l olgan.

Uchoqda 142 yo‘lovchi va 6 ekipaj a‘zosi bo‘lgan.

Fransa prezidenti Fransua Olandga ko‘ra, "omon qolganlar bo‘lishi amrimahol".

Oland janoblariga ko‘ra, bu havo halokati fojeadir, qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirish kerak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, halokat ro‘y bergan mintaqaga borish juda mushkuldir.

Image copyright BBC World Service

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02