O‘zbekiston: xalq noroziligi internet ijtimoiy tarmoqlarida

Image copyright none
Image caption Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari noroziligini ifoda etishda faol

O‘zbek ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ancha tanilishga ulgurgan Feycbuk guruhlaridagi "farovon hayot"ni manzaralovchi suratlariga muqobil ravishda xalq orasidagi bir qancha ijtimoiy muammolar haqida Feycbuk sahifalarida turli mavzular ko‘tarilmoqda.

"Obshchestvenny kontrol UZ24" kabi Facebook guruhining sahifasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari viloyatlardagi gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar, jamiyatdagi iqtisodiy sharoit, jumaldan o‘zbek fuqarolarining muhojirotga ketish sabablari va shunga o‘xshash bir qancha muammolar haqida izohlar qoldirilgan.

Farovon hayotni tasvirlovchi "Obshchestvenny kontrol UZ24" tomonidan post qilingan suratga berilgan izohlarda jamiyatdagi bir qancha muammolar aks etgan. Jumladan, pensionerlar bilan bog‘liq muammo haqida "Svetlana Dusmetova" shunday degan: "Bunday narxlari bor yurtda, faqatgina milliarderlargina yashay oladi. Pensionerlar qirilib, yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan".

"Bunday rasmni ko‘rgandan keyin qanday qilib O‘zbekistondan ketish mumkin" - deb ilova berilgan 19 martda chop qilingan suratga o‘z fikrini bildirgan guruh foydalanuvchisi "Yuriy Ve" shunday javob bergan: "Juda oson! Bu hammasi xo‘jako‘rsinga))) Xalq kambag‘al. O‘rtacha oylik faqatgina non-choyga yetadi".

Facebook foydalanuvchisi "Baxshi Tashev" bunday boyliklarga ega davlat rivojlanishi kerakligini ayta turib, shunday deydi: "Biroq shunday bir to‘ymas va ko‘payib turuvchi, boshqacha qilib aytganda, tepaga homiylik qilib turuvchi mafiya bor, bizning farovonligimiz shu mafiyani deb, qurbon bo‘lmoqda… Mamlakatdagi tabiat va osoyishtalik bu bir-biridan farq qiluvchi tushunchalar. Yaxshi kunlar kelgunicha ketish kerak…".

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi "Tatyana Tanechka" O‘zbekistonni rivojlanish bobida Qozog‘istondan "o‘n yillarga" orqada qolganini qayd etgan. "O‘zbekiston haqida suratlar chiroyli. Axborotda har doim o‘ynayotgan va ashula aytayotganlar ko‘rsatiladi, xuddi bizda hammasi qaymoqdek, go‘yo bizda hammasi yaxshi, odamlar baxtlik va muammosi yo‘q. Hammayoqda pora, har oldi berdida pora. Agar bolnitsa yoki militsiyada tanishing bo‘lmasa, xonavayron bo‘ldim deyaver. Qanchadan qancha qobiliyatlik insonlar yurtimizdan yo‘qolib bormoqda", - deydi "Tatyana Tanechka".

U yana oliygohlarga kirish uchun katta poralar berilayotganini va yuqori lavozimlarda uquvsiz insonlar pora tufayli o‘tirganini aytib o‘tgan. "Qanday rivojlanish haqida gapirish mumkin, aksincha, hammasi tobora yomonlashmoqda. Bu qurilayotgan ko‘priklar va hammayoqdagi archalar kimga kerak? Yaxshisi xalq haqida, ularning yashash tarzi haqida qayg‘urishsa bo‘lardi", - deydi u.

"Leonid Tursunov" qish kunlari Samarqandda "gaz va elektr energiyasisiz" yashashni taklif qilgan. "Amir Kutfitdinov" esa "Har oyda oylikdan olib qolishadi, lekin gaz yo‘q va svet muntazam ravishda berilmaydi. Gaz hidini sezmaymiz lekin pul to‘laymiz. Shu normal xolatmi???" – deb, guruhni so‘roqqa tutgan.

"Ajoyib xalq, mo‘‘jizakor tabiat, lekin ment va mutasaddilarning surbetligiga duch kelganingda, haqiqiy go‘zallikni ko‘rmay qolasan", - deydi "Olga Tyan".

Foydalanuvchi "Alina Milko" esa "Obshchestvenny kontrol UZ24" guruhining xozirgi faoliyatidan noroziligini bildirib o‘tgan: "Obshchestvenny kontrol, tushunishimcha sizlarni vatanparvarlarlar sifatida yollashgan. O‘tgan bir oy davomida hayot muammolari haqida bir dona ham post qilmadinglar, sizlar faqat targ‘ibot bilan mashg‘ulsizlar. Sindirishdimi yoki sindinglarmi? Men guruhdan chiqdim" – deb yozgan bu foydalanuvchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02