BBCga aytaman: Oshkoralikdan kim qo‘rqyapti?

Xorazm viloyatida turli mas‘ul idoralarga va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga qonuniy himoya so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolarga nisbatan "davlat dushmani" sifatida qaralmoqda. Inson xuquqlari bo‘yicha qonuniy monitoring olib boratgan faollarga nisbatan xam yovqarash siyosati hukm surmoqda.

Oddiy fuqarolar tomonidan nodavlat, notijorat tashkilotlarga tushayotgan shikoyat arizalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim hokimliklar va huquq-tartibot idorolarining ish faoliyatida fukarolarga nisbatan byurjkratik ish yuritish, adolatsizlik, qonunga itoat qilmaslik, tamagirlik, qarindosh-urug‘larni himoyaga olish, adolat ustivorligini pisand qilmaslik hollari uchramoqda. Natijada oddiy fuqarolar jabr ko‘rishyapti.

Turli darajadagi sud mahkamalarida, mahalliy huquq-tartibot idoralarida ko‘rilgan yoki ko‘rilayotgan fuqarolik ishlari, jinoyat faktlariga e‘tirozlar sifatli, mazmunli, qonun talabi darajasida o‘rganilmasdan, muqim bir qaror qabul qilinmasdan, fuqarolarning sarson-sargardonligi vujudga keltirilyapti. Hokimliklarda bo‘layotgan qabullar mirshab berayotgan jazoga o‘xshab qolmoqda.

Hukumat idoralaridan maosh olib ishlayotgan tibbiyot xodimlari, quruvchiga aylantirilgan malakali o‘qituvchilar esa go‘yoki kommunal xizmat xodimlari sifatida mahallalar va ko‘chalarda farroshlik qilishga majbur qilinyaptilar. Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari va kollej talabalari qurilishlarida yoki fermer xo‘jaliklari dalalarida bepul ishlatilmoqdalar. Hokimlarning bunday noqonuniy hukmiga bo‘ysunmagan fuqarolar esa "xalq dushmani" degan tamg‘a bilan taqdirlanmoqdalar.

Yuqorida ko‘rsatilgan faktlardan bezigan va najot istagan insonlar "Najot" inson huquqlari tashkilotiga shikoyat arizalar bilan murojaat qilishgan. Xalqda, "to‘g‘ri so‘z tuqqaningga yoqmas", degan gap bor. Inson huquqlari monitoringi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar amaldorlar qo‘lidan o‘tgan qog‘ozlar va fuqarolarning murojaatlaridagi asl holatlarni, o‘z kuzatuvida aniqlangan faktlarni o‘rganib, ko‘rilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro qonunchilik me‘yorlari asosida amalga oshirilishini talab qilgani esa amaldorlarga yoqmayapti.

Xorazm viloyati "Najot" inson hukuklari tashkilotining Hazorasp tumanidagi vakili Shokir Davletov 19 mart kuni Hazorasp tumani bozorida korruptsiya borasidagi muammolarni o‘rganayotda bozor hududidagi militsiya xodimlari tomonidan ushlanib, militsiya bo‘limida so‘roqqa tutilgan. Unga: Mahalliy huquq-tartibot idoralaridan ruxsat olmay nima uchun bozor hududida suratga va videoga olish ishlarini amalga oshiryapsan, bu ruxsat olinmagan surat va videolarni kim uchun tasvirga tushiryapsan, deb do‘q urishgan va do‘pposlashgan. Shokir Davletov, bu bozor, hamma kirib chiqadi, sirli o‘bekt emas. Qolaversa, davlatda aniq axborot izlash qonun bila belgilangan, deb aytgan. Ammo militsiya xodimlari, xususan, Hazorasp tumani IIBning uchastka nozirlari bo‘yicha boshlig‘i, uni bu ishlari uchun sudsiz qamoqqa tashlashini aytib, hakorotomuz gaplar bilan qo‘rqitgan.

"Najot" mazkur tumandagi mahalliy aholidan turli mavzularga oid xabarlarni olmokda. Ularda sud ijrosi idorolarining ayrim xodimlari nochor aholiga dashnom qilayotgani, fuqarolarning arizalari bilan ishlashdagi sansolarlik, mahalliy hokimiyat idoralarining fuqarolarga nisbatan zo‘ravonligi, nafaqaxo‘rlar o‘z qonuniy pulini rasmiylashtirishdagi muammolar, fuqarolik sudlaridagi arznomalarni muqobil holatga to‘xtalmasligi, tadbirkorlarga yer ajratish muammolari mavjudligi, tanish-bilishchilik bilan fuqarolarga yer sotish, ekilayotgan yer maydonlari monitoringi yo‘qligi, turli tushumlar davlat soliq xazinasiga kelib tushmasligi, koruptsiya avj olganligi aks ettirilgan.

Ammo adolatni talab qilgan insonlarga huquqiy ko‘mak berayotgan "Najot" faollariga tahdidlar, hibsga olish bilan qo‘rqitishlar kuzatilmoqda. Ayni kunlarda "Najot" tarafdorlarining har bir qadami qattiq nazorat ostiga olinmoqda.

Bu darajada oshkoralikdan qo‘rkish kimga va nimaga kerak?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02