"Taqir Toshkent" karikaturalarda

Bahor keldi. Kunlar isiy boshladi...

Maktabda "Bahor" haqidagi bayonning standart ko‘rinishi.

Maktabni xumor qilgan holda bayonda davom etamiz.

Daraxtlar kurtak chiqarmoqda. Kunlar isib qizib ketishiga oz qoldi. Shunda odamning joniga oro kiradigan narsa bu albatta katta soyabon daraxtlar. Jaziramada sillasi qurigan yo‘lovchi shu daraxtlar ostida panoh topardi yozning chillasida...

Toshkent shahri qadim, soya-salqin beruvchi daraxtlari bilan mashhur edi. Toki yaqindan beri ular "ommaviy qirg‘in" qilinmaguniga qadar.

Bu mavzu barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng bahs va muzoraga sabab bo‘lmoqda. Ba‘zi sharhlar shaharni "taqirbosh" deb tasvirlagan.

Xullas, endi kurtak qayerdan chiqar ekan - kesilgan to‘nkadanmi?! Sharhlarning aksari bu holatdan norozi va shahar muttasadilarining bunday qarorini tanqid ostiga olgan.

Odatda internetda "anomim" niki ostida kirib tanqid qilishga hammaning ham qurbi yetadi. Lekin bu masalani rasmiy OAV chetlab o‘tgan bir paytda, karikatura sifatida olib chiqqan "Mushtum" jurnaliga ofarin desa bo‘ladi.

Bu suratlarni izohlashga xojat yo‘q.

Daraxtlarni qo‘msagan toshkentlik bayonchi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02