Eron yadroviy muzokaralari haqida 5 fakt

Image copyright AFP
Image caption Shveytsariyada Eronning yadroviy kelajagi yana muhokamada

Shveytsariyada dunyoning 6 eng qudratli mamlakatlari tashqi ishlari vazirlari Eron vakillari bilan yadroviy kelishuv xususida muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Rost, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kutilmaganda bu muzokaralarni tark etgan.

Tashqi ishlar vazirlari seshanba kuniga qadar 18 oy davom etgan muzokaralrni yakunlash umidida to‘planishgan.

Bu muzokaralardan kim nima natija istaydi?

  • AQSh, Britaniya, Frantsiya, Olmoniya, Rossiya va Xitoy Eronning yadroviy sohada eng qaltis ishlarini 10 yildan ortiq muddatga to‘xtatilishini istashadi;
  • Eron vakili Hamid Baydinejodning aytishicha "15 yil haqida gap bo‘lishi mumkin emas", biroq "10 yil muhokama etilmoqda";
  • Eron dastavval 10 mingta tsentrifugani saqlab qolishini talab qilgan;
  • Noyabr oyida AQSh bularning soni 6 ming atrofida bo‘la olishini aytgan;
  • Eron rasmiylar bu sonni 6,5-7 mingga ko‘tarishmoqchi.
Image copyright BBC World Service
Image caption Eronning yadroviy ob‘ektlari xaritasi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02