BBC mehmoni taniqli qo‘shiqchi Gulbahor Erqulovaga savol bering

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova serqirra ijodkor.

U O‘zbek mumtoz san‘atining qator durdonalarini mahorat bilan ijro etib keladi.

Maqom va xalq ashulalari bilan birga Gulbahor Erqulova estrada janrida ham qator mashhur qo‘shiqlarni kuylaydi.

O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillarida bastalangan "Vatan" qo‘shig‘ini shu kungacha ham ko‘plab o‘zbekistonliklar sevib tinglashadi.

Gulbahor Erqulova Tavvakal Qodirov, Habiba Oxunova, Nematjon Qulabdullayev, Fattohxon Mamadaliyev, Berta Davidova singari ustozlaridan saboq olgani bilan faxrlanadi.

U 1964 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1987 yilda Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblida o‘z faoliyatini boshlagan.

1996 yili Gulbahor Erqulovaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berilgan.

O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligi, 20 yilligi bayramlari munosabati bilan davlat ko‘krak nishonlari bilan mukofotlangan.

BBC mehmoni Gulbahor Erqulovaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini juma kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Your contact details
Disclaimer