40 kun hijob o‘ragan nasroniy ayol

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQShning Illinoys shtatida yashovchi Jessi Igan bu yil nasroniylarning Katta ro‘zasi chog‘ida hijob o‘rashga qaror qilgan.

Peoriyadagi cherkovning bolalar bo‘yicha mas‘uli bo‘lgan nasroniy ayol qirq kun davomida o‘zining taassurotlarini #40DaysOfHijab nomli blogida chop etib borgan.

Blog har ikki - musulmon va nasroniylar jamoati ichida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan.

Igan o‘zining musulmonlar bilan birdamlik amali dinlararo muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi, deb ishonishini aytadi.

U o‘z tajribasi haqida BBCga gapirib bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02