UzWebiston: Bugun rus tili g‘arib tilmi?

Image caption "Ulug‘ rus tili..."

Garchand, O‘zbekiston ommaviy-axborot vositalari hamon zo‘r berib mamlakatda kechgan prezidentlik saylovini "demokratiya tantanasi" deya maqtashda davom etishayotgan bo‘lsa ham, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokama mavzusi o‘zgarmoqda.

Potrebitel.uz nashrining Facebook dagi sahifasiga Ta‘lim vazirligi tomonidan 7-8 sinflar uchun Davlat va Huquq asoslari faniga doir attestatsiya savollari to‘plamidan bir rasm joylashtirilgan.

Undagi qo‘pol grammatik xatolar aksariyatning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Quyida ana shu muhokamada keltirilgan ayrim izohlarni tahrirsiz keltirmoqdamiz.

Tim Bax Daxshat: )) Avtor Ketmonov bulsa kerak.

Irina Tsoy: Mana sizga ta‘lim tizimi!

Nadira Xusanova :Menimcha savollarni Guglda tarjima kilishgan.

Zilola Eshankulova: Mana endi yoshlarimiz nimaga bunaka galati deb xayron kolmasak xam bulaveradi.

Nadira Xusanova: bu masalaga jiddiy yondashishga chakiradi: "Odamlar! Xazilni bas kilinglar, farzandlarimiz ushbu tuplamlardan foydalanmokda, yukori turuvchi organlarga yozish kerak, bunakada uzokka bora olmaymiz, bizgaku mayli kulgilik, biz uzimiznikini ukib bolganmiz, lekin farzandlarimiz, ularni nima kutyapti? Shokdaman!!!" deydi Nadira Xusanova.

"Manzilga yetib keldik", deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi Rifat Abiyev.

Yana bir faol achchiq kinoya qiladi, Sanjar Mansurov "Xozirgi darsliklarning ahvoliga karab, narkotik moddalarni iste‘molini aniqlovchi majburiy tekshiruvlarnini maktab o‘kuvchilari orasida emas balki vazirlik xizmatchilari orasida o‘tkazish kerak", deydi.

Facebook dagi Novosti Uzbekistana guruhi qatnashchilari ham bu masalaga befarq bo‘lishmagan:

Nigora Akilova: Savodsizlik Vazirligi, desak ham adashmaymiz. Bunday voqeadan sung farzandlarimizni qanday qilib maktabga jo‘natamiz?

Yelena Aleksandrovna Borzenkova: Odamlar, menimcha dodlab xar tarafga jar solish kerak!!!!!

Marina Avanesova: Mana shunaka bemanilik uchun ularga nafakat pul balki olliy unvon, toifalar berishadi, balki bu xazildir deb ovunasan kishi.

Sabina Bek-Mamedova : Uzining ukuvchilik onlarini eslab shunday deydi: Men maktabda ukigan paytlarimda xatolar (darsliklardagi) uchrab turardi, lekin bunchalik darajada emas.

Ammo... qariyb odatdagiday, bu bahslar orasiga ham "tinchlikparvar" kuchlar tashlanadi.

Ulardan biri Empire Trooper yozadi: Xammasi rejadagidek ketayapti! Nima bo‘lganda ham yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo!

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer