Nyu-York metrosidagi noqonuniy raqqoslar "epidemiyasi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Nyu-York metrosida qo‘shiqchi va raqqoslar uzoq yillardan beri tomosha ko‘rsatib pul topadilar, lekin ijtimoiy muloqot saytlarining ommaviylashuvi ularning tomoshabinlari safini bir necha baravarga kengaytirmoqda.

Layf Fiit (Jonli oyoqlar) - metroda tomosha ko‘rsatadigan raqqoslar. Bu guruhning a‘zosi YouTube yo Facebook orqali o‘zining metrodagi raqsini chop qilsa, yuz minglab odamlar darhol ularni tomosha qilib, o‘zaro bo‘lishadilar.

Lekin, hamma ham ularga ishqiboz emas. Metroda raqs tushish qonunga ziddir. Nyu-York politsiyasi bu kabi qonunbuzarlikka jiddiy yondoshadi va raqqoslarni hibsga olinishi hollari bu yil ko‘paygan.

BBC layffiitchilardan nima uchun raqsga tushishda davom etayotganlarini so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02