Ukraina: Qizaloq o‘ldirilgani "to‘qib chiqarilgan"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Axborot urushi Ukrainadagi qarama-qarshiliklarning yirik qismini tashkil qiladi. Har ikki tomon ham matbuotga ta‘sir o‘tkazib, bir-birlarini ayblashadi.

Donetsk mintaqasida Ukraina telekanallari uzib qo‘yilar ekan, aholi Rossiya matbuotidagi xabarlarga tayanmoqda.

Yaqinda Rossiya televizion stantsiyalari 10 yoshli qizaloq snaryad hujumida nobud bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

BBC Yangiliklar bo‘limi muxbirlari Natalia Antelava va Abdujalil Abdurasulov qizaloqning taqdirini o‘rganishga harakat qilishgan va haqiqatda hodisa aytilganidek kechmaganiga guvoh bo‘lishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK