Britaniya saylovlari va milliy ozchiliklar

Image copyright BBC World Service

Britaniyada parlament saylovlariga bir necha hafta qolar ekan siyosatchilar mamlakat bo‘ylab saylovchilarning turli qatlamalarini o‘zlariga og‘dirishga urinib yotishibdi.

Lekin Britaniyadagi milliy va diniy ozchiliklar kim uchun ovoz berishni istaydilar va o‘z navbatida siyosatchilardan nimalarni kutmoqdalar?

Zamonaviy demokratiya jarayonlarida siyosatchilar saylovchilar ovoziga erishish uchun aksar holatlarda aholi guruhlari yo-da qatlamlariga murojaat qiladilar.

Deylik, yoshlar, yoshi kattalar, ishbilarmonlar yoki tanho onalar.

Britaniya aholisining turfa xilligi oshib borar ekan, ozchilik guruhlar o‘zlarini tashvishga solgan masalalarda siyosatchilarni savolga tutishda tobora faolroq bo‘lib bormoqdalar.

Etnik ozchiliklar Britaniya aholisining 8 foizini tashkil etadilar.

Musulmonlar jamoasi

Image copyright Getty

Musulmonlar Britaniyada ikkinchi yirik diniy jamoadir. Lekin etnik va mazhabiy jihatdan turfa xildirlar.

Masalan, pokistonliklar va bangladeshliklar asosan Angliya shimolida yashaydilar.

Arab davlatlaridan, shuningdek Somalidan va yana ko‘plab jahonning boshqa nuqtalaridan musulmonlar ham bor.

Ular manfaatlarini namoyon etuvchi asosiy partiyalardan biri bo‘lmish Britaniya Musulmonlar Kengashi saylovoldi jarayonida "Mulozamat emas, adolat" shiorini o‘rtaga tashlab, burqa va niqob kiyish huquqi kabi masalalarga e‘tibor qartilishini istamoqdalar.

Lekin hozircha bironta ham yetakchi partiya bu masalalarni o‘z saylovoldi kampaniyasida ko‘targani yo‘q.

Kengash shuningdek, xavfsizlik xizmatlari musulmonlarni haddan tashqari ko‘p nazorat qilishayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng fuqaro erkinlariga ahamiyat berilishini ham xohlaydi.

Qora tanlilar

Image caption Britaniyadagi qora tanlilar 50-60 yillarda asosan Afrika va Karib davlatlaridan kelganlar jamoasidan anchayin turfa xlildir

Britaniyaning joriy qora tanli aholisi 50-60 yillarda mamlakatga kelgan asosan Afrika va Karib mamlakatlardan bo‘lganlardan hozirda anchayin turfa xil.

Lekin ularni bir narsa birlashtirgan, u ham bo‘lsa ular qayerdan bo‘lishlaridan qat‘iy nazar ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tishga u qadar oshiqmas ekanlar.

O‘tgan 2010 yilgi saylovlarda afrikaliklardan atigi 28% va Karib mamlakatlaridan bo‘lganlarning atigi 16 foizi qayddan o‘tgan ekanlar.

Avvalgi saylovlarda ular asosan Leyboristlarni qo‘llagan bo‘lsalar oxirgi yillarda bu qo‘llov o‘zgargan.

Ularni hozirda ikki masala qiziqtiradi - ta‘lim-tarbiya va nafaqalar.

Ta‘lim olish ular uchun ijtimoiy tabaqada yuqoriroq o‘ringa ega bo‘lish va yoshlar uchun jamiyatda o‘z o‘rnilarini egallash imkoniyatini anglatadi.

Nafaqalar masalasida esa qarilikda o‘z mamlakatlariga qaytishni afzal ko‘ruvchilar uchun oxirgi yillarda nafaqa miqdorining oshirilmayotganidir. Ovro‘po Ittifoqi yoki AQShga ketganlar uchun bu qoida rioya qilmaydi.

Yahudiylar

Image copyright Reuters

Yahudiylar Britaniyadagi eng qadmiy va eng integrallashgan ozchiliklardan biridir.

O‘tgan saylovlarda ularning aksari Konservatorlar uchun ovoz bergan.

Ular mamlakatdagi eng kam sonli ozchiliklardan biridir.

Ularni tashvishlantirayotgan masalalar diniy maktbalar ochilishiga ruxsat berilishi, kosher yo‘lida mollarni so‘yish va sunnat, shuningdek yahudiy bayramlari kuni ta‘til olish huquqlaridir.

Halol va kosher yo‘lida mollarni so‘yish usuli oxirgi yillarda hayvonlar huquqlarini himoya qilish guruhlari tomonidan tanqid ostiga olinmoqda.

Yahudiylar shuningdek, millat vakillarining Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi yo‘lida ko‘proq harakat qilishlarini istaydilar.

Hindlar

Hindlar Britaniya aholisining 1.5 foizini tashkil etadilar va to‘rtinchi yirik etnik guruhdir.

Ular orasida eng ko‘p tilga olinadigan masala kastalar masalasidir.

Kasta asosida kamsitish Britaniyada noqonuniy amaldir. Lekin ba‘zi Hind tashkilotlari kasta muammosi mavjud emasligi va bu haqda gapirish butun jamoani yomonotliq qilishi haqida aytadilar.

Yana bir tashkilot, Britaniya Hindlar Kengashi esa Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashiga a‘zo bo‘lib qabul qilinishi, yoga mashqlarining sog‘liqni saqlash tizimiga kiritilishi va ko‘proq hind ibodatxonalrining qurilishida yordam berilishini istaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Your contact details
Disclaimer