O‘zbeklar Rossiyani san‘at bilan ham zabt etishmoqda

Image copyright none

Yana bir o‘zbekistonlik - Sardor Milano taxallusli Sardor Eshmuhammedov Rossiyadagi qo‘shiq tanlovida muvaffaqiyat bilan ishtirok etmoqda.

23 yoshli Sardor Milano Rossiyaning Birinchi jamoatchilik kanali "Glavnaya stsena" loyihasi final bosqichiga chiqqan.

Ilk bosqichda u Andrea Bocelli va Sarah Brightman ijrosidagi "Time To Say Goodbye" qo‘shig‘i bilan qatnashgandi.

Rossiya matbuotida o‘zbekistonlik Sardor Eshmuhammedovning iste‘dodi tahsinga loyiq, deya ta‘riflanmoqda.

Rossiya qo‘shiq tanlovlarida o‘zbekistonliklar ilk bor ishtirok qilayotganlari yo‘q.

Avvalroq, Sevara Nazarxon, keyin Nargiza Zokirova "Golos" teleloyihasida anchayin muvaffaqiyat bilan ishtirok qilishgan.

O‘zbek qo‘shiqchilarining Rossiyadagi muvaffaqiyatlari siri nimada? Biz Toshkentdan taniqli san‘atkor Farrux Zokirovni suhbatga tortdik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Albatta, bu - ijrochiga Xudo bergan iste‘dod, talant. Chunki, buni hech qanday konservatoriya shunchalik, shunchalik qilib bera olmaydi", deydi Farrux Zokirov.

"Qolaversa, ularning qonida bor... Sardor ham bilishimcha, Elër Eshmuhammedov degan kinorejissyorning nevarasi bo‘ladi... Keyin bizning madaniy tariximiz boyligi... Bularning barchasini ta‘siri bor, deb o‘ylayman".

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK