Youtubedagi o‘zbeklar "Sotqin" filmi haqida nima deyishadi?

Image copyright Getty

Joriy yilning 6 Fevral kuni premerasi bo‘lib o‘tgan "Sotqin" badiiy filьmi hozirda O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.

Filьm - kinoctsenarist Rixsivoy Muhammadjonov va kinorejisser Rustam Sa‘diyev hamkorligi mahsuli.

Keyingi paytlarda O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi keng ko‘lamlik tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tashviqot doirasida taqdim qilingan "Odnoklassniki.ru" va "Gumrohlar" kabi filьmlar qatorida namoyish etilgan ushbu filьm dinda adashib qolgan "Sarvar" ismli bir shaxsning qismati va iztiroblari haqida hikoya qiladi.

Filьm ommabop ravishda namoyish qilinmoqda va xabarlarga qaraganda "videoqaroqchilar" o‘ljasiga ham aylanishga ulgurgan.

Filьm "Ozbek film" foydalanuvchisi tamonidan Youtube portaliga 28 Fevral kuni yuklangan va 11 apreliga qadar uni 120,000ga yaqin internet foydalanuvchisi ko‘rgan.

Filьmga o‘z munosabati bildirganlardan 725 yaqini "yoqdi", 132 foydalanuvchi esa, "yoqmadi" tugmachalarini bosgan.

Ayni paytda "Sotqin" filmiga turlicha munosabatlar bildirilgan.

"Judayam qiziq va ma‘noli filьm chiqibdi. O‘zbekfilьm ko‘proq shunaqa ma‘noli filьmlar ustida ishlasa, bizdek yosh avlod ma‘naviyati bundan ham kuchliroq bo‘ladi va ko‘zi ochiladi. Har xil maishiy, sevgi haqidagi filьmlardan ko‘ra ancha qiziqarli filьm bo‘libdi", deb yozgan "Walker A" nomli Youtube foydalanuvchisi.

Shuningdek, "Walker A": "Gap shundaki, bu filьm, muqaddas dinimizni niqob qilib, tinchlikni ko‘ra olmaydigan insonlar buzg‘unchiligi haqida. Gap hijobda ham emas va Allohni do‘sti kimligida ham emas. Alloh yagona biz esa, uning oddiy bandasimiz. Shu tinchlikni yurtimizga bergan avvalo o‘ziga shukur hamda yurt boshimizga rahmat. Yurtimiz doim tinch bo‘lsin!!!" deydi.

"Kino, ko‘p o‘qib hech narsani uqimagan yoshlarimiz bor oramizda, mana shu yoshlarning oq va qorani ajratishi uchun ishlangan. Qolaversa, bizga bunday it emgan taqsir rahnamoning keragi yo‘q. Ollohga shukr, shu yurt uchun jon kuydiradigan davlat egalari bor. Davlatimizning egalari bor ekan, deb biz qarab, kinolarni tahlil qilib o‘tirsak, mal‘unlar tinchligimizni farovonligimizni o‘g‘irlashmaydimi, biz ham shu yurt uchun jon kuydirishimiz kerak emasmi, bizga go‘zal hayot va yaxshi onlarni hadya qilgan vatan uchun", deydi "Rustam Xolmurodov" nomli faol.

Boshqa Youtube foydalanuvchilarining aytishlaricha esa, filьmda Islom dini qoralagan.

"Bu bir buzuq filьm. Lekin, ikki tip xam (bularning taьbiri bilan aytganda) bir go‘r. Hatto, mazxarabozdan ham katta gunohga qolibdi... Islom qonunlarining ustidan ochiqchasiga kulishgan. Alloh senlarga kifoya qilsin ...", deydi "GsmVerh Mobile" ismli foydalanuvchi.

"90 yil umrini ibodatda o‘tkazgan odamni bitta kino bilan kofir, munofiq qilib ko‘rsatib berish mumkin," deya qo‘shimcha qilgan "Qudrat Shoabzalov".

"Alen Shuter" filьm ommani dindan uzoqlashishiga xizmat qilishini aytgan.

"Shunaqa filьmlar O‘zbek millatini dindan uzoq qiladi... Mana shu aktyor, rejissyorlar umrida bir marta namoz o‘qiganmikin?" deya savol qo‘yadi u.

"bona bona" nomi bilan izoh qoldirgan foydalanuvchi esa, filьmda Islom dini qoralamaganini ta‘kidlagan.

"Bu kinoda ma‘no katta. Islom dini yomonlanmagan. Yaxshi bilan yomonni ajratishni bilish kerak. Yaxshi kino. Narkotikka qo‘shilib, odamlarni o‘ldirish do‘zaxiyni ishi".

Anonim bo‘lib qolishni istagan foydalanuvchi ushbu filьmni "siyosiy" deya baholaydi: "O‘zbek xalqini dunyo bo‘ylab o‘z qadr-qimmatini yo‘qotayotganini, o‘zbeklar boshqa davlatlarga asta-sekin mardikor bulib borayotganini va bunga sababchi insonlarni qayta-qayta saylayotganimizni o‘zimiz ham tushuna olmayapmiz. Eh yurtdoshlarim, o‘z qadrimizga o‘zimiz yetmayapmiz-ku, bizni qadrimizga boshqa milatlar qanday yetsin, hali ham kech emas, o‘zimizga kelaylik".

"Hurshidbek Muminov" esa, haqiqat qayerda ekanligini o‘zbek tomoshabinlari yaxshi bilishini, filьm mukammal ishlanmaganini ta‘kidlagan.

"Kino ijodkorlari ham, ko‘rayotgan tamoshabinlar ham, biladi qayerda haqiqat aytilyapti, qayerda yolg‘on. Hammasi ilmsizlikdan kelib chiqayotgan fitnalar," degan ushbu faol. "Kino ijodkorlariga ham yana bitta gap - ro‘mol eskicha arablarni kiyimi emas, hijob aslida bizni tilga o‘girganda ro‘mol deyiladi. Avratlarni yopib yurish esa, Allohni buyrug‘i. Kino oxirida kichkina qizni xudodan dadasini tuzalib ketishini so‘rashi, haqiqiy musulmon Allohga shunaqa qilib nola qiladimi, axir bunday qilib nasroniylar ibodat qiladiyu. Bu darajada oshirib yubormanglar-da. Aroq to‘g‘risida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi".

Ko‘pchilik filьmni qo‘llab-quvvatlaganlar qatori "SupPer DetKA KonFetka" shunday degan: "Odamlar nimaga tushunmaysizlar, bunda Islom dini yomon ko‘rsatilmagan, Islom dini ortiga berkinib yomon ish qilayotgan, odamlarni o‘ldirayotgan, bir-biriga qarshi bo‘lgan, peshonasiga o‘q tiragan odamlarni ko‘rsatyapti. Islom dinini qoralayotgani yo‘q-ku, sal farosatni ishlatinglar".

"Iroda Nosirova" filmda hijob kulgi qilinganini aytgan: "Fikringiz umuman noto‘g‘ri, aqllilik qilmang, dinni yaxshi bilganingizda, bunaqa minnatdor bo‘lmas edingiz, kinoda din va hijob masxara qilingani yaqqol ko‘rinib turibdi".

Bu Youtube foydalanuvchisiga javoban "Xashimbek xalikov" degan: "Din niqob bulmaydi! Boshingizga qop kiymaysizmi! Menga buni ahamiyati yo‘q! Sizni toat ibodatingiz bu sizga, menga axamiyati yo‘q! Toshkentda hijoblik ayollar kam emas ekan. Arab mamlakatlarida ham fohishalar to‘lib yotibdi, niqobda yurgan! Odamni ruhi toza bo‘lishi kerak. Har kancha atir-upa gunohni yopa olmaydi. Hijob ham shu tarzda qo‘llanilayotir. Aytgani gap yo‘q bo‘lsa, nima keragi bor? Xohlang kiying, xohlang yo‘q! Meni xotinim bu meniki, men shaxsan o‘zaro kelishib hal qilaman, nima kiyadi, nima yo‘q! Chunki, so‘roq qilguvchi Olloh! Agar Ollox sizga tergovga ruxsat bergan bo‘lsa, o‘sha hujjatni ko‘rsating!"

Bu foydalanuvchi Andijon voqealariga bog‘liq hikoyasini o‘z izohlarida qoldirib, O‘zbekiston Milliy Xavfsizligiga o‘z minnatdorchiligni bildirib o‘tgan.

Filьmni "Baxtiyar Mamatxalilov" shunday izohlagan: "Umuman, kinoga 2 baho. O‘zbekistonliklarning ayrimlariga nima bo‘ldi, tushunmadim. Yaxshiyam 95 % musulmon yashaydi. Pressa, TV, radio, hattoki, kinolarda Islomni qoralab tashlashyapti. Hijob kiygan ikki yuzlamachi emish. Aroq halol emish. Yana bir narsalar, xullas, tupikda".

"Nurlan Almaty" esa, qisqa qilib filьm "xalqni chalg‘itmoqchi bo‘lgan" deb izoh qoldirgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK