Kiyevda rossiyaparast jurnalist o‘ldirib ketildi

Image copyright unian.net
Image caption Oles Buzina rossiyaparast sobiq Prezident Viktor Yanukovichning shubhali holatlarda o‘ldirilgan navbatdagi tarafdoridir

Rossiyaparast qarashlari bilan tanilgan ukrainalik taniqli jurnalist Kiyevda noma‘lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan.

Ichki ishlar vazirligi so‘zchisi Anton Gerashenkoning so‘zlariga ko‘ra, 45 yoshli Oles Buzina Ford Focus rusumli mashinadan turib otilgan.

"Mashinaning raqami Latviya yo Belarusniki bo‘lgan, aniq Ukraina emas", deb yozgan Gerashenko o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Bir kun avval Yanukovichga yaqin Rada deputati Oleg Kalashnikov Kiyevda o‘ldirib ketilgandi.

Ichki ishlar vazirligi so‘zchisi har ikki qotillik qurbonlarning "aksil-Maydon" harakatiga aloqadorligi bilan bog‘liq deb ishonishini aytgan.

Gerashenkoga ko‘ra, har ikki shaxs 2014 yilda Yanukovichni ag‘dargan Maydondagi namoyishchilarning o‘qqa tutilishi yuzasidan jinoiy tekshiruvlarda muhim shohid bo‘lishgan.

Shubhali o‘limlar

Oles Buzina rossiyaparast sobiq Prezident Viktor Yanukovichning shubhali holatlarda o‘ldirilgan navbatdagi tarafdoridir.

Faol blogger va bir muddat rus tilida chiqadigan "Segodnya" ro‘znomasining Bosh muharriri bo‘lgan Buzina o‘z uyi tashqarisida otib ketilgan.

Prezident Poroshenko har ikki qotillik yuzasidan tergov olib borishga buyruq bergan.

O‘tgan uch oy ichida sobiq Prezident Yanukovichga aloqador kamida 8 nafar sobiq hukumat mulozimlari birdaniga vafot etishgan.

Rasmiylar avvaliga bu o‘limlarni suiqasd deb ataganlar, ammo keyinroq ularning o‘ldirilgan bo‘lishlari mumkinligiga doir farazlar yangragan.

Rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Prezident Putin bu birinchi qotillik emasligi, Ukrainada bu kabi qotilliklar tez-tez sodir etilayotganini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio