"Tojikiston: Haju hijobga taqiq, soqolni esa qirdiring"

The Diplomat Intetnet jurnalida chop etilgan maqola Tojikistonda diniy erkinliklar cheklanayotgani holatlari haqidadir.

Maqola muallifi Katrin Patzga ko‘ra, aslini olganda vijdon erkinligi Tojikiston konstitutsiyasida rasman qayd etilgan.

"Lekin amalda mamlakatning aksar qismini tashkil qiluvchi musulmonlar uchun diniy amallarga rioya qilish davlatning qattiq nazorati ostidadir".

Maqolada aytilishicha, oxirgi oylarda davlat diniy amallar ustidan nazoratni anchayin kuchaytirdi. Prezident Rahmon ayollarga hijob o‘ramaslik maslahatini berdi, taqvodorlarning soqollarini oldirib tashlashga majburlangani haqida xabarlar chiqdi, Haj ziyoratiga kim bora olishi borasida yangi ko‘rsatmalar qabul qilindi.

O‘tgan oyda o‘tkazilgan parlament saylovlariga qadar Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida qonun chiqaruvchi organda Islomiy partiya a‘zolari mavjdud bo‘lgan yagona mamlakat edi.

Tojikiston Islom Uyg‘onish Partiyasi mintaqada yagona rasman qayd etilgan diniy partiya sifatida taqdim qilinadi.

Bu balkim haqiqatdir, lekin mart oyida o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng mamlakatdagi fuqaro urushidan keyin mavqei qonunlashtirilgan bu partiya ilk bor parlamentda bironta ham o‘rinsiz qolmoqda.

Bundan tashqari Tojikiston rasmiy diniy idoralari Islom Uyg‘onish Partiyasining umuman taqiqlanishiga da‘vat qilib chiqdilar. Ba‘zilar esa hatto partiyaga "terrorchi tashkilot" deb tamg‘a qo‘yishga chaqirdilar.

The Diplomat da yozilishicha, Diniy Ishlar bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi, Ulamolar Kengashi singari tashkilotlar ham diniy amallarni nazorat qilish ishiga o‘z "hissalarini" qo‘shadilar.

Bunga qo‘shimcha ba‘zi jamoat yerlarida hijobda yurish, yoshi 18 ga kirmaganlarning ommaviy diniy yig‘inlarda ishtiroklarini taqiqlovchi ko‘rsatmalar bor.

AQSh davlat Departamengining "Diniy erkinliklar borasida" 2013 yili chqarilgan hisobotida aytilishicha, "Tojikistonda nikoh va mavludlar doxil qator marosimlarga cheklovlar kiritilgan.

Nikoh to‘ylarida qatnashishi mumkin bo‘lgan mehmonlar soni cheklangan, fotiha marosimlari taqiqlangan, hatto beriladigan sovg‘a-salomlar miqyosi rasmiylar tomonidan belgilangan.

Rasmiylar nazorati ust-bosh va soch-soqol sohasiga ham yetgan.

"2014 yil yanvar oyida "davlat imomlari" qanday kiyinishlari haqida ko‘rsatma chiqqan. Global Voices esa ba‘zida taqvodorlarning soqollari majburan olib tashlangani holtlari haiqda xabar berpdi".

Shu yil 31 mart kuni Xo‘jand shahriga yo‘l olganlardan biri yo‘ldan adashgan vaqti to‘xtab, mahalliy miltsiya xodimidan yo‘l so‘raydi va tez orada bunday qilganiga pushaymon bo‘ladi.

38 yoshli bu yo‘lovchining aytishicha, uni militsiya idorasiga olib borib, soqolini olishga majburlaganlar.

Maqolada yozilishicha, aholisining aksari musulmon bo‘lishiga qaramay Tojikiston rahbariyati deyarli mutlaq dunyoviydir.

O‘tgan noyabr oiyda Londonda ikki taniqli tadqiqotchi Jon Xezershou va Devid Montgomerilar tomonidan chop etilgan hisobotda siyosiy Islomning dunyoviy davlatchilikka tahdidi sobiq Ittifoq davlatlarida keng tarqalgan "afsona"lardan biri ekanligi aytilgandi.

Afsonami yo‘qmi, siyosiy Islom davlatchilikka xatar degan xavotir saqlanib qolmoqda, deya xulosa qiladi The Diplomat dagi maqolda muallifi.

Bu hafta esa Interfax xabar agentligining ma‘lum qilishicha, Tojikistonda faqatgina yoshlari 35 dan oshganlar Haj ziyoratiga borishlariga ruxsat berilishi haqida aytildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer