"Meni Tojikiston hukumati, Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma berishga majburlaganlar"

Tojikistonlik Olimjon Abduvohidovning BBCga aytishicha, 2000 yil yozida Toshkentdagi Ichki Ishlar vazirligi binosi yerto‘lasida qiynoqlarga tutilgan.

Xalqaro Amnistiyaning shu kunlarda e‘lon qilingan yangi hisoboti "Sir va yolg‘onlar: O‘zbekistonda qiynoq ostida olingan majburiy iqrornomalar" deb ataladi.

Hisobotda O‘zbekistonda qiynoqlar naqadar keng tarqalgani, mamlakat adliya tizimida huquqbuzarliklar "markaziy rol"ni o‘ynashi, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga tahdid deya ko‘rilgan har qanday guruh hukumat tomonidan tazyiqqa olinishi haqida so‘z boradi.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari gumondorlarni qandaydir aybga iqror bo‘lishi uchun qiynoqlarni qo‘llaydi, butun boshli oilalarni qo‘rqitadi yoki tahdid ostida ulardan pora undiradi.

"O‘zbekistonda hukumatga yoqmagan har qanday odam qo‘lga olinishi va qiynoqqa tutilishi ochiq sirdir. Hukumat iskanjasidan hech kim qochib qutula olmaydi", - deydi Xalqaro Amnestining Ovro‘po va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Jon Dalxuzen.

"Bu vaziyatning sharmandali tomoni shuki, ko‘plab hukumatlar, xususan AQSh, aftidan "terrorga qarshi urush"dagi ittifoqchisini hafa qilib qo‘ymaslik uchun dahshatli qiynoqlarga loqayd qarayapti. Olmoniya kabi boshqa davlatlar esa hech kimni bezovta qilmay, biznes imkoniyatlaridan foydalanib qolishga o‘chdek ko‘rinadi", - deb aytgan Berlinda bo‘lib o‘tgan yangi hisobot taqdimotida Jon Dalxuzen.

O‘zbekiston hukumatining xalqaro minbarlardagi so‘zchisi Akmal Saidov qiynoqlar mavjudligini rad etishiga qaramasdan, bu mamlakatda qiynoqlar muntazam tus olgani haqida BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma‘ruzachisi Teo van Boven 2003 yil martida e‘lon qilgan edi.

2003 yil may oyida Toshkentda tashkillashtirilgan Ovro‘po Qayta qurish va Taraqqiyot bankining yillik anjumani minbaridan Prezident Islom Karimovdan O‘zbekistonda qiynoqlar mavjudligini rasman e‘tirof etishi talab qilingan, bu talab janob Karimovni g‘azablantirgan edi.

1999 yil 16 fevral portlashlariga aloqadorlikda ayblab O‘zbek mahkamasi ozodlikdan mahrum etgan taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudovning qiynoqlar haqida yozganlari u ozodlikka chiqqanidan keyin e‘lon qilindi.

Tojikistonlik Olimjon Abduvohidov BBC bilan bog‘lanib O‘zbekistonda o‘zi duch kelgan qiynoqlar haqida endi guvohlik berishga rozi bo‘ldi.

U O‘zbekiston Islomiy Harakatiga a‘zolikda ayblangan, O‘zbekiston mahkamasi 14 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Keyinchalik ozod etilib, Tojikistonga qaytgan.

Biz Olimjon Abduvohidov bilan bog‘lanib, qachon va qayerda qiynoqqa solingani haqida so‘radik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq