"O‘zbekiston gaz mash‘alalarini yoqishdan yarim milliard dollar zarar ko‘rgan"

Image copyright Reuters

O‘zbekiston neft korxonalari ustida gaz mash‘alalarini yoqishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Jahon banki hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonning 2011 yilda, tom ma‘noda, gazni havoga sovurish amaliyotidan ko‘rgan zarari 500 million dollarni tashkil etgan.

Jahon bankiga ko‘ra, dunyoning yana sakkiz mamlakati gaz mash‘alalarini iqtisodiyotga yo‘naltirish majburiyatini o‘z zimmalariga olgan.

Bular Angola, Gabon, Kamerun, Kongo, Norvegiya, Rossiya, Frantsiya va Qozog‘istondir.

Barcha neft konlarida gaz mash‘alalari mavjud.

Tabiiy gaz o‘zining bosimi bilan neftni yer yuzasiga olib chiqadi.

O‘zbekistondagi Qashqadaryo, Buxoro viloyatlaridagi, Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlaridagi neft konlari ustiga olib chiqilgan quvurlardan kechasiyu-kunduzi gaz yoqib yuboriladi.

2005 yili Ko‘kdumaloq neft konida gaz mash‘alasidan tabiiy gazni siqib chiqaradigan uchta zavod ishga tushirilgan.

"Bu juda murakkab texnologik korxona. Gazning mash‘alini so‘ndirish oson emas. Ko‘kdumaloqdagi yangi zavodlar bir yilda taxminan 1 milliard kubometr gazni tejab qola boshladi", deydi O‘zbekistonning sobiq neft-gaz vaziri Anvar Husainov.

Mamlakatdagi qolgan neft konlaridagi mash‘alalar gazlarini tutib qolish maqsadi uchun taxminan 500 million dollarlik sarmoya talab qilinadi, deydi Anvar Husainov.

Demak, uzog‘i bilan ikki yilda O‘zbekiston bir yilda gaz mash‘alalari yoqilishidan ko‘rayotgan zarar miqdori qoplanadi, va undan keyin daromad keltira boshlaydi.

Mash‘alalar gazidan tabiiy gaz sifatida foydalanish mumkin.

Anvar Husainov bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq