Uyg‘uriston xayolini yashayotganlar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Markaziy Osiyoga milliardlab dollar sarmoya yotqizib, qadim Ipak Yo‘lini tiklayotgan, gaz va neft quvurlari, erkin savdo hududlari, temir va avtomobil yo‘llari qurayotgan Xitoy nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy kuchga ham aylanmoqda.

Ammo Pekin Markaziy Osiyoga tutash Shinjonda jangarilikka qo‘l urayotgan uyg‘urlardan xavotirda. Ayni damda, mustaqil uyg‘ur davlati orzusida yashaydigan ham Shinjon va ham Markaziy Osiyodagi bo‘lginchi ovozlarni ham istamaydi.

BBC O‘zbek Xizmati jurnalisti Rustam Qobil BBC News Channel hamda BBC World News telekanallari Our World (Bizning Dunyo) dasturi uchun ingliz tilida maxsus teleko‘rsatuv tayyorlagan.

"Uighurs: Silk Road Survivors" teleko‘rsatuvini Britaniyada BBC News kanalida Shanba 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:30 va 21:30da tomosha qiling.

Yakshanba 19 aprel kuni esa BBC News kanali ayni ko‘rsatuvni soat 03:30da namoyish etadi.

Jahon bo‘ylab mazkur teleko‘rsatuvni (Grinvich vaqti bilan) juma 17 aprel kuni 23:30da, shanba 18 aprel kuni soat 11:30 hamda 22:30da ko‘rishingiz mumkin.

Tez kunlarda ushbu teleko‘rsatuvni bbcuzbek.com websahifamizda O‘zbek tilida to‘liq tomosha qila olasiz.

Hozirda u borada umumiy tasavvur beradigan qisqa lavhani e‘tiboringizga havola etamiz.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq