Qashg‘ar-Gvadar yo‘lagi qayerdan o‘tadi?

Image copyright Reuters

Pokiston, Bosh vazir Navoz Sharif bir zamonlar aytganidek, "Osiyo yo‘lbarsi"ga aylanadimi?

To‘g‘ri, janob Sharif bu gapni hali general Parvez Musharraf uni hokimiyatdan ag‘darishidan ancha oldin, 1997 yildagi bosh vazirligi zamonida gapirgan edi.

Ammo Xitoy Prezidenti Shi Jinpingning Pokistonga tashrifi munosabati bilan muxbirlar o‘sha va‘dalarni eslaganlar.

Islomoboddagi ikki kunlik muzokaralarda Xitoy Pokistonga 46 milliard dollarlik sarmoya kiritishi ko‘zda tutilgan shartnomalar imzolangan.

Buning asosiysi Shinjonni Pokistonning Arab dengizidagi sohili bilan bog‘laydigan yo‘lakni barpo etishdir.

(CPEC - China-Pakistan Economic Corridor) Xitoy-Pokiston Iqtisodiy yo‘lagi deb nom berilgan loyiha avtomobil va temir yo‘llar, quvurlar tizimini qurishni ko‘zda tutadi.

46 milliard dollar - Pokistonga 2008 yildan buyon kiritilgan jami sarmoyalardan uch baravar ko‘p deganidir.

Muxbirlarga ko‘ra, so‘nggi yangilik Xitoyning Markaziy va Janubiy Osiyoga o‘z ta‘sirini oshirish istagidan dalolat beradi.

Yangi yo‘lak Xitoyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Arab dengiziga chiqishiga imkon yaratadi.

Bu yo‘lakning uzunligi 3000 kilometrni tashkil etadi.

Ammo bu yerda sarmoyani Pokiston tomonidan "hazm qilinishi" muammosi ham bor.

Chunki Pokiston jangarilik, Balujiston mintaqasida bo‘lginchilik, siyosiy beqarorlik hamda korruptsiya mavjudligi bilan tanilgan.

Xitoyni esa Shinjondagi musulmon uyg‘urlar orasidagi radikallashish xavotirga soladi, bo‘lginchi uyg‘ur jangarilarining Pokiston Toliboni bilan birlashib yanada kuchayishidan cho‘chiydi.

Balujiston viloyatidagi bo‘lginchilar o‘nlab yillardan buyon qo‘llaridan qurollarini tashlamaydilar, biroq bu hududdan Qashg‘ardan uzangan yo‘lak Gvadarga o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Muxbirlarga ko‘ra, iqtisodiy rag‘bat bilan Baluj bo‘lginchilarini tinchitish va yo‘llar xavfsizligini ta‘minlash uchun rasmiy Islomobodning "qattiq ishlash"iga to‘g‘ri keladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq