Muhammad Mursiga 20 yillik qamoq jazosi berildi

Image copyright .

Misr mahkamasi sobiq Prezident Muhammad Mursini 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Janob Mursi o‘z hukumronligi payti norozilik namoyishi ishtirokchilarini hibsga olish va qiynoqqa solishga buyruq berganlikda aybdor topilgan.

Bu vazifasidan chetlatilganidan beri Muhammad Mursiga chiqarilgan birinchi hukm va u yuz tutadigan qator mahkama ishlaridan biridir.

Armiya Mursini 2013 yil iyulida uning tuzumiga qarshi ommaviy norozilik chiqishlari ortidan qudratdan ag‘dargandi.

O‘shandan beri mamlakatda "Musulmon birodarlari" harakati taqiqlangan va harakatning minglab tarafdorlari hibsga olingan.

Mursi janoblari va "Musulmon birodarlari"ning yana 14 nafar a‘zosi namoyishchilarni o‘ldirishga undash kabi oliy jazo tayinlanishi mumkin bo‘lgan anchayin jiddiy ayblovlardan qutilib qolgan.

Muhammad Mursi bilan birga boshqa aksar ayblanuvchilarga ham 20 yillik qamoq jazosi belgilangan.

Sobiq prezident Mursining himoyachilari mahkama hukmiga qarshi shikoyat qilishlarini bildirishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq