Kam ishlab, ko‘pga erishish mumkinmi?

Image copyright BBC World Service

Agarda kunu-kech ishlash xizmat zinapoyasidan ko‘tarilish imkoni va samaradorlikni oshiradi deb, o‘ylasangiz adashasiz.

AQShning Stenford universitetida yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, "haftasiga 50 soatdan ko‘proq ishlagan odamning mehnat samaradorligi keskin tushib ketar ekan. Agarda ish soati haftasiga 55 soatdan oshsa, ishlash deyarli ma‘nosiz bo‘lib qoladi".

TalentSmart shirkati rahbari Trevis Bredberi mehmonxona va turli chiptalar buyurtmasi bilan shug‘ullanuvchi o‘ta muvaffaqiyatli Hotwire.com va ko‘chmas mulk websahifasi Zillow asoschisi Spenser Raskoff misolini keltiradi.

"Bilasizmi, ular dam olish kunlari o‘zlarini nimadan olib qochishadi. Ishlashdan!"

Raskoff shanba-yakshanba kunlari hech qachon ofisga bormas ekan, elektron pochtasini ham faqatgina kerak bo‘lsa kechqurun bir tekshirib ko‘radi. U dam olish kunlarini ishdan chalg‘ish va obdan o‘ylab ko‘rish uchun sarflaydi.

Qanday qilib kam ishlab, ko‘pga erishish mumkin?

Trevis Bredberi buning qator yo‘llarini sanab o‘tadi.

Eng muhimlaridan biri - yaxshilab dam olish.

"Ishni yoddan chiqara bilish kerak. Ishdan chalg‘ish - bu yo‘lda eng muhim strategiya. Agarda elektron yo‘lda juma kuni kechqurundan boshlab dushanba kuni ertalabgacha ishga "bog‘lanib" qolgan bo‘lsangiz, ofisdan ketmagandeksiz".

"Yana bir muhim narsa - uy ishlarini ham kamaytirish. Aks holda uy ishlari butun dam olish kunini "yutib yuboradi". Bunday holatda siz dam olmaysiz va miyangiz o‘ylab ko‘rishga fursat topmaydi. Kino yoki kontsertga boring. Biron mehmonxonada dam oling. Sport zalida yugurgandan ko‘ra, tabiat qo‘yniga chiqib, sayl qiling. Anchadan beri qilishni istab yurgan mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning. Shanba kuni sizni qiziq mashg‘ulot kutayotgani haqidagi o‘yning o‘zi sizni ilhomlantiradi".

"Ertalabni o‘zingizga bag‘ishlang. Oilali odam uchun ko‘pda o‘ziga vaqt ajratish juda mushkul vazifa. Lekin uyqudan uyg‘onish bilan, o‘zingizga yoqqan biron narsa bilan shug‘ullanish imkonini topsangiz, ongingiz tozalanib, ruhingiz ko‘tariladi".

Foydali "asboblar"

Image copyright Thinkstock

Hozirgi kunda taksi chaqirish yoki yoqtirgan filmingizni tamosha qilish anchayin oson ish.

"Zamonaviy texnologiyalar, asboblar va xizmatlar o‘ta samarali va vaqtni tejashga xizmat qiladi", deydi DuJour websahifasi asoschisi Djeyson Binn.

"Hatto kitoblarni ham tezroq o‘qish mumkin. Bunga yordam beruvchi Spritz tez o‘qish texnologiyasi ham mavjud. Bu texnologiya asosida "Urush va tinchlik" kabi romanni bir kunda o‘qib chiqish mumkin".

"Bozor-o‘charni tezroq qiling. Amazon kabi websahifalar bozor qilishga yordam beruvchi dasturlarni taklif qila boshlagan. Bu dastur uyda kerak bo‘lgan narsaning nomi yo-da shtrixkodini aytish bilanoq, unga buyurtma berish imkonini beradi".

Bu yo‘l bilan do‘konga borish uchun ketadigan vaqt yoki mahalliy buyurtma sayti uchun ketadigan vaqtingizni tejab qolasiz.

"Qahvaxonalarda hisob-kitobni tezlashtirish mumkin. Starbucks kabi qahvaxonalar mobil telefonini bir silkitib, haqni to‘lash dasturlarini taklif qilishmoqda".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer