Qizlarning sochidan tortuvchi Bosh vazir...

Image copyright Getty

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jon Key qahvaxonalardan birida ishlovchi ayolning sochidan bir necha bor tortgani uchun uzr so‘radi.

Ismini oshkor etmagan ayol xizmatchining o‘z blogida yozishicha, Bosh vazir takror-takror, hatto bunday qilmaslikni talab qilganidan so‘ng ham, sochidan tortgan.

Bosh vazir devoni ushbu hodisa yuzasidan bayonot chiqarib, janob Key bu amalni hazillashib qilgani va agarda ozor yetkazgan bo‘lsa, uzr so‘rashi haqida ma‘lum qildi.

Qahvaxona xizmatchisining o‘z blogida yozishicha, u yerga kelib turadigan Bosh vazir o‘tgan noyabr oyida saylov kampaniyasi davrida sochidan tortib qo‘ya boshlagan.

Shundan so‘ng ayol janob Key qahvaxonaga kelgan vaqti o‘zini olib qocha boshlagan va xavfsizlik xodimiga sochidan tortganlarni yoqtirmasligini aytgan.

Shundan keyin ham janob Key har kelganda sochidan tortavergach, ochiqchasiga "bunday qilmang" deb aytgan. Lekin u davom etgan.

Bosh vazir devoni chiqargan bayonotda aytilishicha, "Janob Key hazillashgan. Xizmatchi ayolni noqulay ahvolga solish istagi bo‘lmagan va shuning uchun uzr so‘raydi".

Yangi Zelandiyaning muxolifatdagi Yashil Partiyasi rahbarining aytishicha, Bosh vazirning amali ish joyida tahqirlash borasida ko‘plab savollarni tug‘diradi.

"Siyosatchi sifatida bizning vazifamiz odamlarni ish joylarida xavfsiz his qilishlarini ta‘minlashdir, haqoratlash emas..."

Yangi Zelandiya Bosh vazirining "ahloqi" hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Bu borada hashteglar ham "tadbiq" etilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer