BBCga aytaman: "Oka, tirichilini aybi yo‘o‘!."

Image copyright n
Image caption "Tili tanasidan uzun..."

Kuni-kecha ruszabon radioda bir qiziqarli fakt qulog‘imga chalindi.

Buqalamun deganlarining tilini Yaratgan tanasidan uzun qilib qo‘ygan ekan.

Tuyaqushning ko‘zi esa…miyasidan kattaroq bo‘lar ekan, buni bilmasdim.

Bu ikki jonzod haqidagi ajabtovur faktlarga e‘tibor bersangiz, aminman, ko‘cha-kuyda, ishda va hatto uyda ham kimningdir tili anchagina uzunroq ekanini, miyasi esa ko‘z shokosasidan sal kichikroqligi xayolingizdan o‘tadi.

Ammo "zamon shunaqa" deymiz, aslida zamonda ayb yo‘q, ayb o‘zimizda…

Biz o‘zgarmoqdamiz.

Maqollarimiz ham bizning "ihota halqa"mizga aylangan.

Misol uchun, "tirikchilikning aybi yo‘q", degan maqol, hozirda aslida o‘g‘ri, muttaham poraxo‘rlar uchun ana shu ihota halqasi vazifasini o‘taydi.

Porani oladi, keyin o‘zini ovutadi…

Ayrimlar esa ovutib ham o‘tirmaydi, chunki teparoqda kim kimdan qancha olayotgani haqida hech kim churq etmaydi.

Gazetalarga ko‘z yugurtirsangiz, harflar va raqamlarning isrofgarchiligidan boshqa narsa topolmaymiz.

Televizionda esa qip-qizil bo‘lmasa ham, rang-barang yolg‘on!

Image copyright ThinkStock
Image caption "Tepkiga tayyorgarlik"

Ana endi "tirikchilikning aybi yo‘q" degan maqolga qaytaylik yana…

Bu maqol har qanday mehnat, qora ish deysizmi, farroshlikmi, nima bo‘lsa ham…mehnatning aybi yo‘qligi haqida aytilgan, shunday emasmi?

Endi mulohamiz boshida keltirgan misolimiz, tili uzun buqalamunga qaytsak…

Oh, buqalamunlar… bular televizordan chiqadimi, ishxonangizda birga ishlaydimi, biror bir davlat idorasida o‘tiradimi, shunaqa so‘zamol keladiki asti qo‘yaverasiz.

Ayniqsa, o‘zidan teparoqda o‘tirganlarni maqtash bo‘yicha ularga teng keladigani yo‘q.

Til qurg‘ur juda uzun, maqtalmagan joyi qolmaydi rahbar deganlarining…

Bu ham o‘zgarayotganimizning nishonasi, "okajonim", "otajonim", "raisjon", "xo‘jayin" degan so‘zlar o‘ziga mutlaqo qarindoshligi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan shunaqa yog‘diriladiki, ba‘zan, bu buqalamun "otam"lab turgan rahbarning rostdan ham o‘zidan… o‘n yosh kichik otasimikan deb o‘ylab qolasan…

Ana endi o‘sha "ota"ning majlislarda biror bir muammo haqida gapirib, "yozg‘irib" qolishini kuzatsangiz, boyagi buqalamun tuyaqushga aylanadi.

Boshni shundoq qumga tiqib, orqasini tepkilarga himoyasiz qoldirib, yashirinib oladi.

Ko‘z shokosasi boshdagi miyadan kattaroq bo‘lganidan shunday qilsa kerak, balki…

O‘zbekistonlik muxlis

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq