Chilida vulqon otilib osmonni kulga to‘ldirdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Chili janubidagi Kalbuko vulqoni oxirgi 40 yil davomida mudrab yotishi ortidan ilk marta otildi.

Rasmiylarga ko‘ra, hozircha vulqondan magma va lava emas, balki faqat kukun otilayotgani ko‘rinmoqda.

Mana bu video sayyohlar uchun mashhur manzil bo‘lgan Patagoniya hududining darvozasi hisoblanmish Puerto Mont shahrida tushirildi.

Chili o‘z vulqonlari tarmog‘ining uzunligi bo‘yicha dunyoda Indoneziyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Chilidagi vulqonlarning 500tasi jonli hisoblanadi.

Kalbuko otilishi mumkinligiga avvaldan hech qanday ishora bo‘lmadi va endilikda hukumat tezkor amal qilishga majbur bo‘lmoqda.

Vulqon atrofidagi 20 chaqirimlik hududdan aholi evakuatsiya qilinmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio