O‘zbek muassasalariga xorijiy menejerlar kerakmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston prezidentining farmoniga ko‘ra, 1 iyuldan O‘zbekistondagi muassasalarni boshqarishga xorijiy menejerlar jalb qilinadi.

Shuningdek, boshqaruv sohasidagi kadrlarning professional darajasini oshirish uchun chet el o‘quv yurtlari bilan hamkorlik oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Farmonda "xorijiy sarmoya" iborasi ko‘p tilga olingan. Xususan, aktsiadorlik jamiyatlariga xorij investitsiyalarini jalb qilish uchun sharoitlar yaratish buyurilgan.

"To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta‘minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida" qator yo‘nalishlar belgilangan.

O‘zbekistonga sarmoya jalb etishga eng katta to‘siq deya poraxo‘rlik ko‘rsatiladi. Jahon Bankining "Doing business" (Biznes qilish sharoitlari) oxirgi reytingida O‘zbekiston nochor 146-o‘rinni egallagan.

Qator yirik xorijiy shirkatlar O‘zbekiston hukumati bilan kelishmovchiliklar tufayli sarmoyalarini to‘xtatib, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lganlar.

Ho‘sh, bunday manzarada yangi farmonni amalga oshirishning imkoni bormi? BBC bu haqda siyosiy fanlar nomzodi, mustaqil tadqiqotchi Zabihulla Soipovdan so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio